Örganiş işlari davomida uşbu holat Denov tumanidagi Ozod mahallasida yaşovçi fuqaro A.R bilan boğliq ekani aniqlandi.

2025 yil iyul oyida qizni turmuşga beriş harakati böyiça mahalla yettiligi va ijtimoiy xodimlar tomonidan hamkorlikda tekşiruv ötkazilib, voyaga yetmagan şaxsni turmuşga beriş qonun hujjatlariga zid ekani ta’kidlangan va oilaga ogohlantiriş berilgan.

Şunga qaramay, 2025 yil 10 avgust kuni nikoh marosimi ötkazilgani ma’lum böldi. Uşbu holat böyiça mahalliy profilaktika inspektori tomonidan qonunçilikka muvofiq ma’muriy javobgarlik çorasi qöllanib, aybdorlarga jarima belgilangan.

Hozirda A.R. Denov tumanidagi kasb-hunar maktabida ta’lim olayotgan bölib, uning huquqlari va ta’lim jarayoni mutasaddilar tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qiliş, ularning ta’lim olişi va soğlom tarbiya topişi böyiça qonuniy kafolatlar ta’minlanişini qat’iy nazoratda uşlab boradi hamda bu kabi holatlarga mutlaqo murosasiz yondaşadi, deyiladi xabarda.