23 sentabr BMT qarorgohida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşdi. Qisqa suhbatda Tramp Özbekiston va AQŞ kompaniyalar örtasidagi imzolangan 105 milliard dollarlik kelişuvlarni maqtadi. Prezident Şavkat Mirziyoyev esa Trampning tinçlik böyiça Nobel mukofotiga munosib ekanini aytdi hamda Samarqandga taklif qildi. Kun.uz suhbatning özbek tilidagi töliq tarjimasini keltirmoqda.
AQŞ prezidenti Donald Tramp: Xöş, katta rahmat. Özbekiston prezidenti bilan birga böliş men uçun katta şaraf. U zot juda hurmatli inson. U Özbekistonda uzoq vaqtdan beri, köp yillardan buyon faoliyat yuritadi, töğrimi? Taxminan 15 yoki 16 yilça. Bu uzoq muddat. Bir mamlakatda bunça uzoq vaqt faoliyat yuritişning sababi — bu sizning juda aqlli va munosib ekaningizdir. Şu bois, biz bilan birga ekaningiz uçun sizga minnatdorçilik bildirmoqçiman. Bilasizmi, u turli Amerika mahsulotlarining yirik xaridini amalga oşirdi. Ularning puli köp. Ularda neft va pul möl-köl. Neft odatda pul bilan yonma-yon yuradi. Lekin ular mamlakat sifatida juda yaxşi natijalarga erişdi va u haqiqatan ham yaxşi yetakçi böldi. Siz bilan yana birga böliş men uçun şaraf. Katta rahmat.
Prezident Şavkat Mirziyoyev: Rahmat. Avvalambor, aytayotgan gaplaringiz va qilayotgan işlaringiz uçun katta rahmat, janob prezident. Bugun uçraşamiz degandingiz — mana, uçraşib turibmiz. Buning uçun sizdan juda minnatdorman. Bugun ertalab Birlaşgan Millatlar Taşkiloti sessiyasidagi çuqur ma’noli ma’ruzangiz bilan sizni tabriklayman. Bu şunçaki aql bovar qilmas böldi, siz barça masalalarga aniqlik kiritdingiz.
Albatta, siz bilan telefon suhbati çoğida kelişib olganlarimizning barçasini bajaryapsiz. Ana öşa yettita mojaroga barham berganingiz bilan sizni yana bir bor tabriklamoqçiman. Ayniqsa, bizning mintaqamiz uçun eng asosiysi — Ozarboyjon va Armaniston örtasidagi mojaroga yeçim topdingiz.
Yana bir bor takrorlayman: siz hammadan köra köproq Nobel mukofotiga munosibsiz. Biz buni aytganmiz va aytişda davom etamiz. Şunday ekan, biz kelişib olgan barça masalalar bajarilmoqda va bajariladi. Men muloqotimizni bundan keyin ham davom ettirişimizni istardim. Biz birgalikda olğa suradigan şunday dastur tuzganingiz uçun sizga katta rahmat. Buning uçun sizdan minnatdorman.













