Maktabgaça va maktab ta’limi vazirining buyruği bilan maktablarda xorijiy til öqituvçilaridan kamida B2 darajadagi til sertifikatini talab qiliş muddati 2026 yilgaça uzaytirildi.

Qayd etilişiça, umumiy örta ta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan barça çet tili öqituvçilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglaştirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bölişi lozimligi talabini saqlab qolgan holda, istisno tariqasida, amalda faoliyat olib borayotgan va talab darajasidagi sertifikatga ega bölmagan pedagoglar 2025 yil yakuniga qadar (joriy öquv yilining 1- va 2-çoragi davomida) işini davom ettirişi mumkin.

Endi çet tili öqituvçilaridan yil yakuniga qadar çet tili böyiça milliy hamda xalqaro sertifikat imtihonlarida iştirok etişi töğrisida tilxat olinadi.

Şuningdek, sertifikatga ega öqituvçilar uning amal qiliş muddati öquv yili davomida tugaydigan bölsa, ularga öquv yili oxiriga qadar işlaş imkoniyati beriladi.

Buyruqqa muvofiq, tuman (şahar) maktabgaça va maktab ta’limi bölimlari 1 dekabriga qadar sertifikatga ega bölmagan öqituvçilar uçun qöşimça öquv maşğulotlarini taşkil etadi.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi qarori bilan, 2024−2025-öquv yiligaça maktab, örta maxsus va professional ta’lim muassasalarining çet tili öqituvçilari kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bölişi kerak. Bu talabni bajarmaganlar bilan mehnat şartnomasi bekor qilinişi yoki B2 sertifikati bölmagan öqituvçilar işga qabul qilinmasligi belgilab qöyilgan.