Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Belarus paralimpiyachilariga o‘z bayrog‘i ostida ishtirok etishga ruxsat berildi
Ruxsat Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi tomonidan berildi va ayrim sport turlariga taalluqli.
Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasiga (IPC) a’zo tashkilotlarning aksariyati Seuldagi Bosh assambleyada Rossiya va Belarus terma jamoalarining musobaqalardan qisman chetlatilishini uzaytirmaslik uchun ovoz berdi.
Endi Belarus va Rossiya Milliy paralimpiya qo‘mitalari xalqaro qo‘mitaga a’zoligini to‘liq tiklaydi, sportchilar esa milliy bayrog‘i ostida chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ilgari ular musobaqalarda bayroqsiz va madhiyasiz, faqat neytral maqomda ishtirok etishi mumkin edi.
Rossiya Paralimpiya qo‘mitasi press-relizida aytilishicha, bu qaror faqat IPC xalqaro federatsiyalar funksiyasini bajaradigan sport turlariga taalluqli: yengil atletika, suzish, pauerlifting, slej-xokkey, o‘q otish.
Shunga qaramay, hozir Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etayotgan rossiyalik sportchilarga bu qoida taalluqli emas – ular neytral maqomini saqlab qoladi, chunki tashkilotchilar protokolga barcha zarur o‘zgartirishlarni kiritishga ulgurmaydi.
Rossiya va Belarus Paralimpiya qo‘mitalarining IPC tashkilotiga a’zoligi 2023 yilda a’zolik bo‘yicha konstitutsiyaviy majburiyatlarni buzgani uchun ikki yilga qisman to‘xtatildi. Bu majburiyatga ko‘ra, paralimpiya qo‘mitasi davlatdan, siyosiy yoki diniy tashkilotlardan betaraf va mustaqil bo‘lishi lozim.
Mavzuga oid
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026