Rossiyaning «Skolkovo» (Moskva) boşqaruv maktabi Soğliqni saqlaşni rivojlantiriş markazi negizida uzoq umr köriş laboratoriyasi taşkil etildi.
«Vedomosti» naşrining yozişiça, u yerda umr köriş davomiyligi ortişining soğliqni saqlaş tizimi, bozorlar, mehnat faoliyati va davlat siyosatiga taʼsiri örganiladi. Olingan maʼlumotlar asosida tadqiqotçilar keksalarning hayot sifatini oşirişga qaratilgan boşqaruv yeçimlarini taklif etadi.
MDU Tibbiyot ilmiy-taʼlim instituti direktori, Vladimir Putinning qizi Mariya Voronsova «Skolkovo»dagi forumda sözga çiqib, ilm-fan inson umrini «tabiatan berilgan 85–90 yoşlik salohiyat»dan ortiqroq uzaytiriş masalasida hozirça u qadar ilgarilab ketmaganini aytdi. Uning sözlariga köra, qarilikning kasallik deb hisoblanmasligi tadqiqotçilar yölidagi tösiqlardan biridir, zero taşxis qöyilmas ekan, dori vositalarining klinik sinovlarini ötkazib bölmaydi. Şu bilan birga, Voronsovaning taxminiga köra, 10–20 yildan söng «ölim oldidagi umumbaşariy qörquv» soğliqni saqlaş sohasi mutasaddilarini uşbu muammoni hal etişga undaydi.
2025-yilda Voronsova hujayralar yangilanişi va faol uzoq umr körişni örganiş laboratoriyasi uçun Rossiya ilmiy jamğarmasidan 30 mln rubl miqdorida grant olgan edi.
2026-yil may oyida The Wall Street Journal naşri Rossiya hukumati «Salomatlikni asraşning yangi texnologiyalari» milliy loyihasi doirasida qarişga qarşi kuraşiş böyiça 26 mlrd dollarlik keng kölamli dasturni - jumladan, aʼzolarni bioprinterda çop etiş, mitti çöçqalar iştirokidagi ksenotransplantatsiya va gen terapiyasini moliyalaştirayotgani haqida yozgan edi.
Xabar qilinişiça, dasturga Putinga yaqin şaxslar: uning qizi, davlat genetik loyihalari uçun masʼul endokrinolog Mariya Voronsova hamda Kurçatov instituti rahbari, Putinning dösti, bankir Yuriy Kovalçukning akasi, fizik Mixail Kovalçuk boş-qoş bölmoqda. Katta Kovalçukni Kremlning uzoq umr köriş dasturining ğoyaviy meʼmori deb ataşadi: uning taʼkidlaşiça, ilm-fan tez orada inson tana aʼzolarini «çeksiz taʼmirlaş va almaştiriş» imkonini beradi.













