Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bola o‘g‘irligi haqidagi xabarlar asossiz ekani ma’lum qilindi
Toshkent shahrida so‘nggi besh yillik tahlillar jarayonida bola o‘g‘irligi holatlari qayd etilmagan.
So‘nggi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarda go‘yoki Toshkent shahrida bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani, maktablar, ko‘p qavatli uylar oldida bolalarni aldab mashinaga solib olib ketishmoqchi bo‘lgani haqida audio ovozli xabarlar tarqalmoqda.
Toshkent shahar IIBB ma’lum qilishicha, mazkur xabarlar haqiqatga zid bo‘lib, Toshkent shahrida so‘nggi besh yillik tahlillar jarayonida bola o‘g‘irligi holatlari qayd etilmagan.
"Hurmatli shahar aholisi va mehmonlari! Iltimos, tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmang va ularni tarqatmang. Yolg‘on axborot tarqatish qonun bilan javobgarlikka sabab bo‘ladi", deyiladi rasmiy organ xabarnomasida.
Mavzuga oid
08:41 / 14.03.2026
Toshkent shahri oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda yetakchi bo‘ldi
14:20 / 07.03.2026
5 tumanda 15 ta zamonaviy bekat majmuasi o‘rnatildi
14:52 / 06.03.2026
Elektr quvvatlantirish shoxobchalari xatlovi nima uchun o‘tkazilmoqda?
11:38 / 05.03.2026