Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov Jogorku Keneş (parlament) deputatlarining muddatidan oldingi saylovini tayinlaş töğrisidagi farmonni imzoladi.

Hujjatga köra, saylov 2025 yil 30 noyabr, yakşanba kuni bölib ötadi. Saylov va referendum ötkazuvçi Markaziy komissiyaga ularni ötkazişni qonunçilikka muvofiq taşkil etiş hamda masofadan turib ovoz berişni qöllaş vazifasi yuklatildi.

Vazirlar Mahkamasiga zarur moliyaviy mablağlar ajratiş, qonuniylikni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlaş, jamoat tartibini saqlaş çoralarini köriş, şuningdek, saylovçilarning röyxatini şakllantiriş uçun Aholining yagona davlat reyestri ma’lumotlarini aniqlaştiriş topşirildi. Bundan taşqari, hukumat saylovçilarni onlayn identifikatsiya qiliş tizimini takomillaştiriş va saylov jarayonida qöllaniladigan elektron tizimlarning kiberxavfsizligini ta’minlaşi kerak.

Boş prokuratura saylovga tayyorgarlik köriş va uni ötkazişda Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilişini nazorat qilişi lozim. Mahalliy davlat hokimiyati va özini özi boşqariş organlariga taşkiliy-texnik masalalarni hal etişda saylov komissiyalariga kömaklaşiş topşirildi.

Qirğiziston parlamenti 25 sentabr kuni özini özi tarqatib yubordi. Bunga parlament va prezidentlik saylovlari orasidagi vaqt juda qisqaligi sabab qilib körsatildi. Qarorni 89 deputatdan 84 nafari yoqladi, heç kim qarşi ovoz bermadi.