Yaponiyada tiş ösişini rağbatlantiruvçi dori vositasining dunyodagi birinçi klinik sinovlari boşlandi. 2024 yilda boşlangan tadqiqotning yangi bosqiçida 30 yoşdan 64 yoşgaça bölgan 30 nafar erkak iştirok etmoqda.
Işlanma ba’zi sutemizuvçilarda tişlarning ösişini töxtatuvçi USAG-1 antitanasini köp yillik örganişga asoslangan. Kioto universiteti olimlari uning suyak morfogenetik oqsili (BMP) bilan özaro ta’sirini bloklaş usulini topdi, bu esa tiş töqimalarining tiklanişiga yöl oçdi. Usul onkologiyaga qarşi kuraşda keng qöllaniladigan texnologiya - monoklonal antitanaçani qöllaşga asoslangan.
Yangi dori venaga yuboriladi. Uning xavfsizligi avvalroq hayvonlarda ötkazilgan tajribalarda tasdiqlangan.
«USAG‐1 blokirovkasi tişlarning ösişiga olib kelişi ma’lum edi. Bu manipulyatsiya töliq regeneratsiyaga olib kelişi mumkinligini aniqlaş qoldi. Endi biz qölimizdan nima kelişini bilamiz», dedi Katsu Takahaşi, Kitano şifoxonasining stomatologiya va yuz-jağ jarrohligi bölimi mudiri.
Agar klinik sinovlar muvaffaqiyatli ötsa, 2026 yilda olimlar tuğma adentiya - tört va undan ortiq tiş yöqligi bölgan bolalarni davolaşni boşlaşni rejalaştirmoqda. Pirovard maqsad - 2030 yilgaça hammabop dori vositasini işlab çiqariş.











