1997 - 2006 yillarda Turkmaniston boş prokurori lavozimida işlagan 78 yoşli Qurbonbibi Otajonova sentabr oyida Doşöğiz ayollar koloniyasida vafot etdi. Bu haqda Turkmanistonning Xelsinki inson huquqlari jamğarmasiga tayanib Centralasia xabar berdi.
Qurbonbibi Otajonova oliy yuridik ma’lumotga ega bölgaç, tuman prokurori yordamçisidan mamlakat boş prokurorigaça bölgan yölni bosib ötdi. 1997 yil aprel oyida prezident Saparmurod Niyozov uni respublika prokuraturasining eng yuqori lavozimiga tayinladi.
Ta’kidlanişiça, Otajonova prokuraturaga rahbarlik qilgan davrda nazorat organini jazo tizimiga aylantirdi. Turkmanboşining mutlaq işonçiga tayanib, keng kölamli qatağonlarni amalga oşirdi, huquq himoyaçilari buni sovet davridagi Yejov va Beriya ta’qiblariga qiyosladi. Ayniqsa, 2002 yil noyabr oyida Niyozovga nisbatan amalga oşmagan suiqasddan keyin yuzlab odamlar hibsga olinganidan keyin ta’qiblar şafqatsiz böldi.
2006 yil aprelida Otajonova Vazirlar Mahkamasi majlislar zalida hibsga olindi. U korrupsion jinoyatlarda ayblandi - uning 13 ta turar joyi, ğişt zavodi, tegirmoni, avtoparki, olti million dollardan ortiq puli va boşqa mol-mulki musodara qilinib, barça unvon va davlat mukofotlaridan mahrum etildi.
2006 yil dekabr oyida Otajonova qizi bilan birga Doşöğiz ayollar koloniyasiga ötkazildi. Ta’kidlanişiça, u koloniyada «xalq duşmanlari» qarindoşlari uçun möljallangan alohida maxsus blokda saqlangan.








