Reuters naşrining yozişiça, parvozni kuzatuvçi veb-saytlar Turkiyaning Çorli aviabazasidan kötarilgan uçta dron uç kun davomida flotiliya ustida aylanib yurganini qayd etdi. Naşr dron parvozlarining sababini mustaqil tasdiqlay olmagan: Turkiya taşqi işlar, mudofaa vazirliklari va razvedka agentligi holatga izoh bermadi.

«Global Sumud» flotiliyasi – turli davlatlar parlamentlari a’zolari, huquqşunoslar va faollar, jumladan şved iqlim faoli Greta Tunberg ham qatnaşayotgan fuqarolik kemalaridan iborat. Duşanba kuni flotiliya Ğazo sohilidan hali yuzlab çaqirim uzoqda edi. Hozirda Isroil avval töxtatgan flotiliyalar hududiga yaqinlaşmoqda. Kuzatuv saytlari flotiliyani 40 ga yaqin kema taşkil etganini körsatdi.

Ötgan haftadagi dron hujumi natijasida ba’zi kemalar şikastlangaç, flotiliya bir neça kun Gretsiya suv hududida ta’mirlanib, hafta oxirida yana Ğazoga yöl oldi. Heç kim jarohat olmagan. Taşkilotçilar duşanba kuni missiya taxminan tört kun içida Ğazoga yetib borişini aytmoqda.

Bir neça kun oldin Italiya va Ispaniya flotiliyaga yordam yoki qutqaruv zarurati tuğilganda hamroh böliş uçun dengiz flotini yubordi, biroq harbiy aralaşuv qilmasliklarini bildirdi. Gretsiya qirğoq qöriqçilari ham flotiliya öz hududidan ötganda kuzatuv olib bordi.

Italiya rasmiylari yakşanba kuni flotiliya yuqori xavfli hududga yaqinlaşayotganini ogohlantirdi va ötgan haftada bildirgan taklifni: yordamni flotiliya Kiprga olib borib, u yerdan Rim-katolik çerkovi orqali Ğazoga tarqatiş taklifini yana takrorladi. Ammo flotiliya bu taklifni rad etdi.

Flot qatnaşçilarida Isroilning ehtimoliy javobi yuzasidan xavotirlar ham bor. Xususan, «Isroil bir neça bor heç qanday 'qizil çiziqlariʼ yöqligini körsatdi, şuning uçun uning nima qilişi mumkinligi bizni albatta taşvişga soladi. Biz, tabiiyki, tinç, zöravonliksiz pozitsiyani saqlaş uçun qölimizdan kelganini qilamiz,» dedi italiyalik Yevropa Parlamenti a’zosi Benedetta Skuderi bortdan turib bergan intervyusida.

Isroil ötgan haftadagi dron hodisasi yuzasidan izoh bermadi, ammo ilgari Ğazoga kemalarning kirişiga yöl qöymaslik uçun barça çoralarni körişini aytgan. Uning fikriça, qöllanayotgan dengiz blokadasi qonuniydir.

Reuters naşrining La Stampa gazetasi xabariga tayanib yozişiça, yakşanba kuni Isroil prezidenti Isaaq Gersog Italiyadagi elçiga flotiliya a’zolariga qarşi «ölim kuçi işlatilmasligini» ta’minlaganini aytgan.