Yakkasaroy tumani Quşbegi köçasida joylaşgan Yakkasaroy kiçik sanoat zonasi hududidagi sintepon işlab çiqariş sexida yuz bergan yonğinda 4 kişi halok bölgani ma’lum böldi. Holat böyiça “Toş Makon Progress” MÇJ ta’sisçisiga sud hukmi öqildi.
Kun.uz tanişgan sud hujjatida keltirilişiça, sintepon işlab çiqariş sexi L.M. ta’sisçiligi va rahbarligidagi “Toş Makon Progress” MÇJga tegişli bölgan. Tadbirkor Quşbegi köçasi 6-uy 2-blok kompleksidagi imtiyozli şartlarda ijaraga olingan işlab çiqariş binosida sintepon tayyorlaşga möljallangan “Ekstruder” işlab çiqariş texnologiyasini belgilangan talablarga zid ravişda, tegişli tartibda röyxatdan ötmasdan işga tuşirgan.
Sudga oid kompleks portlaş texnikaviy ekspertizasining 2025 yil 7 iyuldagi xulosasiga köra, sexda portlaş xavfi yuqori bölgan propan gazini uzatişda gaz sizib çiqiş imkonini beruvçi yoriqlari bölgan, moy almaştirişga möljallangan şlanglardan foydalanilgan. Oqibatda gaz nosoz şlang orqali sizib çiqib, bino yertölasida töplangan hamda portlaş va yonğin yuz bergan. Bu paytda portlaş zonasida bölgan jamiyat işçilari Oybek Ibragimov, Allayor Suyunov, Bobur Turdiyev va Jamşid Qurolov oğir jarohat olib, vafot etgan. Yana 4 kişi esa (ikki nafari ayol) turli darajada tan jarohati olgan.
Bundan taşqari, portlaş oqibatida binoga yondoş 4 ta işlab çiqariş obektiga 3 mlrd sömdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan.
L.M. sudda aybiga qisman iqrorlik bildirgan.
“2025 yil 1 may kuni soat 7:00 atrofida telefon raqamimga qaysidir işçi qönğiroq qilib, korxona portlaganini aytdi. Zudlik bilan hodisa joyiga yetib bordim. Dastlab hodisa joyidan O.Ibragimov va A.Suyunovning, keyinçalik B.Turdiyevning jasadi çiqdi. Şuningdek, Jamşid Qurolov 2025 yil 10 may kuni şifoxonada vafot etdi”, degan u sudda.
MÇJ ta’sisçisi korxonada gaz sizib çiqişidan xabar beruvçi detektorlar mavjud bölmaganini, davriy ravişda havo namunalari tadqiq qilinmaganini, çunki uşbu xavfsizlik çoralari haqida xabardor bölmaganini aytgan. Şuningdek, jabrlanuvçilar va ularning qonuniy vakillaridan uzr sörab, yaqin orada yetkazilgan zararlarni töliq qoplab berişini ma’lum qilgan.
Sud hukmi bilan L.M. Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiiste’mol qiliş) 2-qismi “a” bandi, 257-moddasi (mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini buziş) 2-qismi “a, b” bandlari va 259-moddasi (yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi “a, b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga 1 yil-u 1 oy rahbarlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.









