Yanvardan sentabr oyining oxirigaça botnet-hujumlardagi zararli trafikning 39 foizi faqat Rossiyadan kelgan bölib, bu Rossiyadagi nişonlarga hujumlar uçun mahalliy serverlardan foydalanişni körsatadi. Bu haqda 2 oktyabr, payşanba kuni Servicepipe kiberxavfsizlik kompaniyasiga tayanib, «Vedomosti» gazetasi xabar berdi.

2024 yilning şu davridagi tegişli körsatkiç atigi 5 foizni taşkil etgan.

DDoS-hujumlar geografiyasining özgarişi tendensiyasini "Spikatel" axborot xavfsizligi monitoringi bölimi yetakçi tahlilçisi Aleksey Kozlov tasdiqladi. Uning hisob-kitoblariga köra, bunday tarmoqlarning taxminan 30 foizi Rossiyadan işlaydi.

Botnet — zararli dasturlar bilan zararlangan kompyuterlar yoki boşqa qurilmalar tarmoği.

Joriy yilning dastlabki töqqiz oyida Servicepipe 410 ming hujumni qayd etgan. 2024 yilning xuddi şu davrida 305 mingta hujum kuzatilgandi.