Özbekiston va Ozarboyjon 20 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi 2027 yilgi jahon çempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqda ÖFA xabar berdi.

Qayd qilinişiça, FIFA Kengaşining navbatdagi yiğilişida şu haqdagi qaror qabul qilingan. Mazkur turnir FIFA tomonidan ötkaziladigan milliy terma jamoalar örtasidagi jahon çempionatidan keyingi ikkinçi nufuzli musobaqa hisoblanadi. Özbekiston ilgari bunday turnirga mezbonlik qilmagan.

FIFA U-20 jahon çempionati 1977 yildan buyon ötkaziladi. Turnirda Argentina (6 marta), Braziliya (5), Portugaliya (2), Serbiya (2), Urugvay, Gana, Ispaniya, SSSR, Germaniya, Angliya, Fransiya va Ukraina ğoliblikni qölga kiritgan.

Ayni paytda navbatdagi musobaqa Çili maydonlarida ötkazilmoqda. Unda 24 ta jamoa ğoliblik uçun kuraşyapti, ular orasida Özbekiston yöq.