Muhokamada senatorlar, mas’ul vazirlik va idoralar vakillari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari va Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirok etdi.
Ushbu Qonun bilan Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda bolalarga nisbatan Internet tarmog‘idan foydalanib uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishning bir kun mobaynidagi umumiy davomiyligini hamda ularni so‘roq qilish jarayonida qonuniy vakillarning ishtirok etishi tartibini belgilovchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.








