Kompaniya uç buklanadigan smartfon işlab çiqarişi haqidagi xabarlar sentabr boşida paydo bölgandi.

Insayderlar uşbu qurilma yaqin kunlarda taqdim etilişini aytişmoqda. Xabarlarga köra, smartfon 31 oktabr-1 noyabr kunlari Koreyaning Kenju şahrida bölib ötadigan Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida namoyiş etiladi.

Ma’lumot berilişiça, qurilma taşqi ekrani diagonali 6,5 dyuym atrofida böladi. Oçilgan holatda esa smartfon displeyi 10 dyuymni taşkil etadi.

U çeklangan seriyada çiqarilişi, narxi esa 3 million vondan (2130 dollar) ortiqroq bölişi aytilmoqda.

Ötgan yil sentabrda sotuvga çiqarilgan Huawei Mate XT dunyodagi ilk uç buklanadigan smartfon bölgandi.