Jahon | 18:46 / 06.10.2025
5117
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng keksa erkak 113 yoshga kirdi

Braziliyalik Juan Marino Netu oilasi davrasida tug‘ilgan kunini nishonladi.

Foto: AP

Ginnesning rekordlar kitobi matbuot xizmati dunyodagi eng keksa erkakning ahvoli haqida ma’lumot berdi. Braziliyalik Juan Marino Netu o‘zining 113 yoshini nishonladi.

«Dunyodagi eng keksa inson Juan Marino Netuning 113 yilligi bilan tabriklaymiz. Bugun braziliyalik ushbu muhim voqeani o‘z yaqinlari tomonidan rejalashtirilgan katta ziyofat bilan nishonlamoqda», deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, «dunyodagi eng keksa erkak» unvoni o‘tgan yilning noyabr oyida, ushbu unvonning avvalgi egasi - britaniyalik Jon Tinnisvud vafot etganida Juanga o‘tgan edi.

Shu bilan birga, hozir Yer sayyorasida yashovchi eng keksa odam britaniyalik ayol Etel Katerhem bo‘lib qolmoqda. Ginnes kitobi ma’lumotlariga ko‘ra, u 116 yosh 46 kunlik bo‘lgan.

Rekordlar kitobi matbuot xizmatining ta’kidlashicha, Juan Marino Netu 1912 yilda tug‘ilgan tirik odamlarning so‘nggisidir. Uning ikki xotinidan yetti farzandi bor, ulardan olti nafari hozir ham tirik.

Bundan tashqari, 113 yoshli braziliyalikning 22 nafar nabirasi, 15 nafar evarasi va uch nafar chevarasi bor.

Qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Juan Marino Netu dunyodagi eng keksa erkak rolini anglaydi: «Bu yerda mendan katta erkak yo‘q, faqat ayollar bor!», dedi u.

Bundan tashqari, ular dunyodagi eng keksa ayol bilan sirtdan muloqot qilgan: u 116 yoshga to‘lganida Netu tabriknoma yuborgan.

Mavzuga oid