Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva mamlakatda virtual kazinolar va pul tikiladigan onlayn öyinlar butkul taqiqlanişini eʼlon qildi.
«Bu saratonga öxşaydi: ösimtani yöq qilasan yoki ösimta seni öldiradi», - deya prezidentning sözlaridan iqtibos keltiradi G1 portali.
Uşbu çora prezidentlik saylovlari oldidan joriy etildi. Saylovning birinçi turi 4-oktabrga belgilangan.
«Biz jamoat salomatligi sohasida onlayn pul tikiş bilan boğliq jiddiy muammoga duç keldik. Bu jiddiy muammo», - dedi moliya vaziri Dario Durigan.
Uning maʼlum qilişiça, foydalanuvçilar öz mablağlarini yeçib olişlari uçun bukmekerlik kompaniyalarining saytlari 5-oktabrgaça oçiq böladi. 6-oktabrdan boşlab esa ilovalar dökonlari va internet-provayderlar uşbu saytlarni bloklaşi şart.
Prezidentlik saylovida öz nomzodini qöygan senator Flavio Bolsonaru esa uşbu taqiqni «populistik, ikkiyuzlamaçi va siyosiy maqsadlarga qaratilgan» qaror deb atadi.








