Farğona viloyatida 34 yoşli Gulira’no Qosimovaning IIB xodimlari tomonidan kaltaklanib, yalanğoç holda tasvirga olinişi va tahqirlanişi yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi mazmunan körib çiqiş uçun sudga yuborilgan. Hozirda mazkur jinoyat işi JIB Quva tuman sudida körib çiqilmoqda. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Furqat tumani IIB boşliği lavozimida işlagan 39 yoşli Akmal Xöjayev hamda uning birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan 34 yoşli Jasur Rasulovga oid jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Quva tuman sudida körib çiqilmoqda.

Tergov organining xulosasiga köra, sudlanuvçilar Jinoyat kodeksining 141-1-moddasi (şaxsiy hayot daxlsizligini buziş) 2-qismi “a”, “b” bandlari, 141-3-moddasi (şaxsning şa’nini va qadr-qimmatini kamsituvçi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvçi ma’lumotlarni oşkor qiliş) 2-qismi “b” bandi, 142-moddasi (fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buziş), 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) 1-qismi, 230-2-moddasi (tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini soxtalaştiriş (qalbakilaştiriş) 1-qismi va 234-moddasi (qonunga xilof ravişda uşlab turiş yoki hibsga oliş) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Sud jarayoni yakuni böyiça qöşimça ma’lumot berilişi bildirilgan.

Holat yuzasidan Farğona viloyati IIB ham rasmiy munosabat bildirdi.

“Holat böyiça hali tergov va sud jarayonlari yakunlanmasdan turib, töliq asoslanmagan ma’lumotlarni ommaga taqdim etiş ortidan fuqarolar orasida şov-şuv uyğondi. Şu munosabat bilan fuqarolarimizdan keltirilgan vajlar hali tasdiqlanmasdan, sud hukmi e’lon qilinmasdan turib, noörin xulosa çiqarmaslikni söraymiz”, deyiladi boşqarma munosabatida.

Idora axborot xizmati asosli materiallar tergov va sud organlariga taqdim etilganini, yakuniga köra xolis munosabat bildirilişini ma’lum qilgan. Şuningdek, yolğon axborot tarqatganlik uçun ham javobgarlik borligini eslatib ötgan.

Avvalroq mazkur iş Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi tomonidan nazoratga olingani, Ombudsman esa holatga aloqador bölgan har bir şaxsning qilmişi töliq va xolisona örganilişi ta’minlanişini söragani xabar qilingandi