“Issiqxona xöjaliklari faoliyati samaradorligini oşiriş va eksport hajmini köpaytirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan, tabiiy gazda işlaydigan issiqxona xöjaliklariga oktyabr-mart oylarida har oy uçun 50 foiz oldindan tölovlar asosida tabiiy gaz kafolatli hajmda yetkazib berilişi belgilandi.
Tabiiy gaz yetkazib berilmagani natijasida yöqotilgan hosil uçun yetkazib beruvçi tomonning javobgarligi şartnomalarda aniq belgilab qöyiladi.
Şuningdek, issiqxona xöjaliklari uzluksiz işlaşini ta’minlaş uçun ularga quyidagi imtiyozlar berildi:
- 2026 yil 1 yanvardan boşlab 2028 yil yakuniga qadar ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi;
- 2025 yil 1 oktyabr holatiga mavjud soliq qarzi yuzasidan tölov muddati foizlarni hisoblamagan holda 2028 yil yakuniga qadar uzaytiriladi.
Hujjatda quyidagi maqsadli körsatkiçlar belgilangan:
- meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini 2026 yilda – 3,5 milliard AQŞ dollari, 2027 yilda 4 milliard AQŞ dollariga yetkaziş;
- issiqxona xöjaliklarini tabiiy gaz bilan kafolatli ta’minlagan holda meva-sabzavot mahsulotlari yetiştiriş hajmini 2026 yilda – 620 ming tonnaga, 2027 yilda 670 ming tonnaga yetkaziş, uşbu mahsulotlarning eksporti hajmini 30 foizdan 70 foizga oşiriş;
- 2026 yilda qöşimça aniqlangan 20 ming gektar, 2027 yilda 15 ming gektar dala çetiga mevali köçat va sabzavotlar ekişni taşkil etiş.
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda













