Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov mis simiga boj joriy etilişi rejalaştirilayotganini ma’lum qildi. U buni qöşimça qiymat yaratişni rağbatlantiriş maqsadi bilan izohladi.

Vahobovning “Özbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida aytişiça, sönggi yillarda Özbekistonda umumiy hisobda örtaça 200 ming tonna atrofida misni qayta işlaydigan kiçik, örta va yirik korxonalar paydo bölgan. Prezident taşabbusi bilan, misdan yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqaruvçilar uçun birjada boşlanğiç narxga nisbatan 4 foizlik çegirmadan foydalanmoqda.

“Olmaliqda 1 tonna misning örtaça narxi 9 ming dollar bölsa, davlat tomonidan berilayotgan 4 foizlik imtiyoz – örtaça hisobda 360 dollarni taşkil etadi. Korxonalar 8 600–8 700 dollarga olib, yuqori qöşilgan qiymat yaratgan holda 12 ming dollargaça mahsulot eksport qilmoqda. Lekin ba’zi tadbirkorlik sub’yektlari misni oddiy sim holida eksport qilyapti – bu esa jahon bozorida bizning mis işlab çiqaruvçilarimiz imijiga öziga yaraşa zarar keltiryapti.

50 mln, 80 mln dollar investitsiya qilgan tadbirkorlar tarafidan yaxşi taklif kötarildi: bunday simlar [eksporti]ga boj örnatiş. Boş örnatilganidan keyin qolgan tadbirkorlik sub’yektlari ham qöşilgan qiymat yaratişni öylab köradi”, – dedi Vahobov.

SSP raisining aytişiça, 2025 yilning 8 oyida örtaça hisobda 71 ming tonna mis çegirma bilan sotib olingan bölib, şundan 36–37 ming tonnasi sim sifatida eksport qilingan.

Mis sim eksport qilayotgan korxonalar 300 mingdan 500 ming dollargaça sarmoya kiritgan: peç qöyib, uni eritib, sim holatiga keltirib, eksport qilyapti. 30–40 million dollar sarmoya kiritgan korxonalar esa, Davron Vahobovga köra, “100 foiz tölov qilib, işlay olmayapti”.

“Şu sababli bunday simlarga boj joriy etiş orqali qöşimça qiymati yuqori bölgan, 11–11,5 ming dollarlik tayyor mahsulotni Yevropa va AQŞga eksport qilişga şaroit yaratiladi”, – dedi u.

Vahobovning ta’kidlaşiça, 4 foizlik çegirma OKMKdan mahsulotni 100 foizlik tölov bilan sotib oliş şarti bilan yana 3 yilga uzaytiriladi va mis sim (7408 TIF TN kodi) eksportiga boj joriy etiladi.

“Undan taşqari, hurmatli prezidentimiz tomonidan aynan birjadan mis sotib oluvçilarga 100 mln dollar ajratildi”, – dedi u.