Andijon viloyati Andijon tumanida piyodalar yölagidan ötayotgan bolalarni maşina urib yubordi. Andijon viloyati YHXB matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yöl-transport hodisasi böyiça rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, 2025 yil 12 oktyabr kuni soat 14:30 larda, Andijon tumani «Qurama» MFY hududidan ötgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yölining 343 kilometrida 1969 yilda tuğilgan haydovçi S.R. özining Nexia-3 rusumli transport vositasini «Boğişamol – Jalaquduq» yönalişi böylab boşqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar ötiş joyidan yölning öng tarafidan çap tarafiga kesib ötayotgan voyaga yetmagan piyodalar N.Ya va N.I.ni urib yuborib, yöl-transport hodisasi sodir etgan.

Uşbu YTH oqibatida N.I. «Çap oyoğining yopiq sinişi» jarohati bilan RŞTTYoIM Andijon filialiga yotqizilgan. Ikkinçi bolada esa jarohat qayd etilmagan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.