Madagaskar prezidenti Andri Radzuelina ma’muriyati mamlakatda hokimiyatni noqonuniy va konstitutsiyaga zid ravişda egallab olişga uriniş bölayotganini ma’lum qildi.
Bir neça soat ötgaç, CAPSAT (kadrlar va ma’muriy-texnik xizmatlar armiya korpusi) deb nomlangan armiya bölinmasi harbiy qömondonlikni öz qöliga olganini va endi barça qurolli kuçlar – quruqlik, havo va dengiz kuçlarini nazorat qilişini ma’lum qildi.
Qiziği şundaki, xuddi şu bölinma 2009 yilda Madagaskardagi siyosiy inqirozda hal qiluvçi rol öynagan, natijada Radzuelina hokimiyat tepasiga kelgandi.
Madagaskarda dastlabki norozilik namoyişlari 25 sentabr kuni boşlangandi: dastlab aholi suv va elektr ta’minotidagi uzilişlarga qarşi norozilik bildirgan bölsa, keyinçalik namoyişlar işsizlikning yuqori darajasi, korrupsiya va yaşaş narxining oşişi tufayli Radzuelina hukumatidan norozilikka aylandi.
Şanba kuni ba’zi askarlar poytaxt Antananarivu çekkasidagi kazarmalarini tark etib, şahar meriyasi oldida namoyişçilarga qöşilişdi.
CAPSAT yaqinda Antananarivudagi norozilik namoyişlarini tarqatişda xavfsizlik kuçlari tomonidan kuç işlatilganini qoraladi.
Şanba kuni prezident ma’muriyati bayonotida Radzuelina va yangi boş vazir Rufin Zafisambo (ötgan hafta u tomonidan tayinlangan armiya generali) vaziyatni nazorat qilayotganiga işontirildi.

LUIS TATO/AFP via Getty Images
Radzuelinaning yakşanba kuni e’lon qilingan bayonotida «hozirda respublika hududida hokimiyatni egallaşga uriniş amalga oşirilayotgani, bu esa Konstitutsiya va demokratik tamoyillarga mutlaqo zidligi» aytilgan.
U «mamlakatni beqarorlaştirişga uriniş»ni keskin qoraladi va mamlakatning barça asosiy kuçlarini konstitutsiyaviy tartib va milliy suverenitetni himoya qiliş uçun birlaşişga çaqirdi.
CAPSAT feysbukda e’lon qilgan bayonotida general Demosfen Pikulas yangi ştab boşliği etib tayinlanganini ma’lum qildi.








