Qirğiziston prezidenti ma’muriyati ölim jazosini qaytariş uçun Konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöydi.
Qonun loyihasining asosnomasida qayd etilganidek, uning maqsadi bolalar va ayollar hayoti va soğliğini oğir jinoyatlardan, jumladan, nomusga tegiş va qotillikdan himoya qilişni kuçaytirişdan iborat. Taşabbus mualliflari mamlakatda bunday jinoyatlar soni ortib borayotgani va aybdorlar uçun «jazoning aniq çegarasi» zarurligini ta’kidlamoqda.
«Bolalar va ayollarga nisbatan zöravonlik sodir etgan har qanday şaxs uşbu jamiyatdan taşqarida bölişi va eng şafqatsiz va adolatli jazoga tortilişi mumkin bölgan aniq çegarani belgilaş vaqti keldi», deyiladi hujjatda.
Qirğizistonda ölim jazosi mamlakat Konstitutsiyasining 25-moddasi 1-qismiga muvofiq taqiqlangan. Loyiha, şuningdek, Qirğizistonni ölim jazosini taqiqlovçi BMT Ikkinçi fakultativ protokoliga qöşgan 2010 yildagi qonunning öz kuçini yöqotişini nazarda tutadi.
«Ölim jazosi taqiqlanmagan mamlakatlarda ölim jazosi faqat eng oğir jinoyatlar uçun çiqariladi va bu hukm faqat jinoyat sodir etilgan paytda amalda bölgan qonunlar asosida çiqariladi. Uşbu qonunlar mazkur pakt va Genotsid jinoyatlarining oldini oliş va jazolaş töğrisidagi konvensiya qoidalariga zid bölmasligi kerak. Bunday jazo faqat vakolatli sud tomonidan çiqarilgan yakuniy hukm ijro etilganda qöllaniladi», deyiladi tuşuntiriş xatida.
Oktyabr oyi boşida Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov qonunçilikka bolalarni zörlaganlik, şuningdek, ayollarni zörlab, öldirganlik uçun ölim jazosini joriy etişni nazarda tutuvçi özgartirişlar tayyorlaşni buyurgan edi.
Bunga Issiqköl yaqinida 2008 yilda tuğilgan qizning zörlanişi va öldirilişi hodisasi sabab böldi. Dahşatli jinoyatda gumonlanayotgan şaxs allaqaçon qölga olingan. 4 oktyabr kuni Japarov ölim jazosi töğrisidagi qonun loyihasi umumxalq ovoziga qöyilişi mumkinligini aytdi.
Qirğizistonda ölim jazosi 1998 yilda, bunday hukmlarni ijro etişga moratoriy e’lon qilingandan söng töxtatildi, ammo sudlar uzoq vaqt davomida ölim jazosini qöllaşni davom ettirdi. Ölim jazosi 2007 yilda töliq bekor qilindi va umrbod qamoq jazosi bilan almaştirildi. Bungaça, 2006 yilda Qirğiziston Konstitutsiyasidan oliy jazo çorasi haqidagi eslatma olib taşlandi, 2010 yilda esa mamlakat ölim jazosini taqiqlovçi va kelajakda unga qaytmaslik majburiyatini yuklovçi xalqaro protokolni ratifikatsiya qildi.












