Taqdimotda aytilişiça, bugungi kunda mamlakatimizda 50 ming kilometrlik suğoriş tarmoqlari mavjud bölib, 1,6 ming nasos stansiyasi va 10 mingdan ziyod suv obektlari faoliyat yuritmoqda. Taqdimotda sohada amalga oşirilayotgan raqamlaştiriş jarayonlarini çuqurlaştiriş va xizmat körsatiş tizimini yanada takomillaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar muhokama qilindi.

Yangi yondaşuv asosida suv hisobini yuritiş töliq elektron şaklga ötkaziladi. “Suv hisobi” axborot platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblanadi va iste’molçilarga elektron tarzda ma’lum qilinadi. Bu tizim hisob-kitoblarda inson omilini kamaytiradi, ortiqça qoğozbozlikni bartaraf etadi hamda resurslardan foydalaniş samaradorligini oşiradi.

Ma’lumotlarning aniqligini ta’minlaş maqsadida “Raqamli qişloq xöjaligi” platformasi bilan integratsiya yölga qöyiladi. Şu orqali suğoriladigan yerlar, ekin turlari va suv limitlari haqidagi ma’lumotlar avtomatik yangilanib boradi.

Şuningdek, sohadagi barça ma’lumotlarni bir tizimda jamlaş uçun Suv xöjaligi vazirligining “Suv xöjaligini raqamlaştiriş va monitoring markazi” taşkil etiladi. Markaz suv balansi, nasos stansiyalari va suv sarfi böyiça ma’lumotlarni tahlil qiladi, qaror qabul qiliş jarayonlarini avtomatlaştiriş imkonini yaratadi.

Bundan buyon suv xöjaligi sohasini raqamlaştiriş masalalari bilan vazir örinbosari şuğullanadi.

Sohada “Davlat suv kadastri” axborot tizimi yaratiladi. U orqali suv resurslariga oid ma’lumotlar tegişli vazirlik va idoralardan yiğiladi va yagona bazada şakllantiriladi. Bu, öz navbatida, ma’lumot almaşiş jarayonini soddalaştirib, hisobotlarni qoğozda yuritiş amaliyotini qisqartiradi. “Davlat suv kadastri” tizimini 2026 yil apreliga qadar töliq işga tuşiriş rejalaştirilgan.

Quyi böğindagi xizmat körsatiş tizimini takomillaştiriş masalalari ham muhokama qilindi. Ehtiyoj va mavsumiy şaroitdan kelib çiqib, xizmatlarda ştatlarning özgaruvçan boşqaruv tizimi joriy etiladi. Xizmatlarning samaradorligi KPI körsatkiçlari asosida baholanadi.

2026 yildan boşlab xodimlarni rağbatlantiriş tizimi amaliy natijalarga boğlanadi, ya’ni yetkazilgan suv miqdori va foydalanilgan hajm örtasidagi tafovut asosida baholanadi.

Muassasalarning moliyaviy mustaqilligini oşiriş maqsadida suv soliğidan tuşgan mablağlarning 40 foizini özining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşga yönaltirişiga ruxsat beriladi.