Işi yurişmagan “işbilarmon kişilar”: Namanganda maşhur filmdagiday hodisa sodir böldi
|00:44 / 15.10.202554 23913 min
Uyçi tumanidagi Mustaqillik mahallasi. Uyidan çiqib öqişga yöl olgan bolakay maktab darvozasiga yetganida niqobli şaxslar hujumiga uçradi: Nexia maşinasida kelgan erkaklar uning qölini qayirib, maşinaga tiqişdi va közdan ğoyib bölişdi. Barçasi soniyalar içida sodir bölgandi. Hamma oyoqqa turdi. Eşitganlar borki hayrat içida bir-biriga piçirlaşga tuşdi: kimdir otasining duşmanlari qilgan desa, boşqasi hozir bola öğrilari köpaygan, sotib yuborişadi derdi. Biroq bu taxminlar haqiqatdan yiroq edi.
Aksariyat jinoyatlarning sodir etilişiga oson pul topiş iştiyoqi sabab böladi: bosqinçilik, öğrilik, firibgarlik kabi jinoyatlar borki, barining ildizi şu omilga borib taqaladi. Jinoyatçilar doim barçasi xamirdan qil suğurganday böladi, biz qölga tuşmaymiz, degan işonçda harakat qilişadi. Biroq jinoiy reja qançalik mukammal bölmasin, baribir foş böladi. Maqolada Namangan viloyatining Uyçi tumanida sodir qilingan jinoyat haqida söz yuritamiz. Uni sodir etgan şaxslar ham rejamiz iş beradi, deb işonişgan edi.
Öğirlab ketilgan bola
2023 yil 16 oktyabr tongi. Uyçi tumanidagi Mustaqillik mahallasi. Azizbek uyidan çiqib, maktab tomon yöl oldi. Maktabning orqa tomon eşigiga yaqinlaşganda kutilmagan holat sodir böldi: yoniga Nexia maşinasi kelib töxtadi, undan niqobli şaxslar yugurib tuşdi, uning qölini qayirib, maşinaga tiqişdi va katta tezlikda haydab ketişdi. Barçasi soniyalar içida yuz bergan, bola nimalar bölayotganini anglamay ham qolgandi.
Buni maktab öqituvçilaridan biri körib qoldi va qorovulxonaga yugurib borib, öşa yerda turgan direktor örinbosariga aytdi. Direktor örinbosari voqea joyiga qarab yugurdi. Ammo bola öğirlab ketilgan joyda xuddi kinolardagi kabi uning kiyimi va sumkasi yotardi. Direktor örinbosari ularni olib, maktab qorovuliga tutqazdi va özi IIB xodimlariga xabar berdi. Bu orada bolaning otasi Avazbek Abdullayevga ham qönğiroq qilişdi. Hamma oyoqqa turgan, maktabda ğala-ğovur boşlangandi.
Maktab yonidagi savdo dökonining kuzatuv kamerasini körişdi: oq rangli, 50 O 952 ZA davlat raqam belgili Nexia bolani olib, katta yöl tomonga harakatlanib ketgandi.
Tahdidli xabar
Içki işlar xodimlari tezkor ravişda işga kirişdi. Maşinaning davlat raqam belgisi aniq, u kimga tegişli ekanini biliş qiyinmasdi. Köp ötmay maşina topiladi. Biroq uning haqiqiy egasi maşina yukxonasiga tiqib ketilgandi.
Voqeaning ertasi kuni, 17 oktyabrda bolaning otasiga Telegram orqali tahdidli xabar keladi: “300 ming dollar berasan, bölmasa bolangni öldiramiz”. Isbot sifatida otaga bolasining ovozli yozuvi yuboriladi.
Mavzuga oid
“Öşa kuni öğlim soat 8:40 larda maktabga çiqib ketdi. Soat 9:02 da esa maktab direktori qönğiroq qilib, farzandimni allaqanday niqob taqqan notaniş kişilar urib, Nexia maşinasiga majburlab mindirib ketganini aytdi. Ertasiga notaniş şaxslar Telegram orqali aloqaga çiqib, öğlim ularda ekanini, 300 ming dollar bersam qöyib yuborişlarini, aks holda öldirişlarini ma’lum qildi. Söng IIB xodimlari bilan hamkorlikda pul talab qilayotgan şaxslarni topişga kirişdik”, degan ota suddagi körsatmasida.
Jinoiy reja
Aslida bolani öğirlab ketib, pul talab qiliş 4 nafar yigit tomonidan tuzilgan jinoiy reja edi. Bu reja Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yaşovçi, 1990 yilda tuğilgan Eldor Qodirovdan çiqqandi.
Öğirlab ketilişi reja qilingan bolaning otasi Avazbek Abdullayevni Eldor Qodirov tanirdi. Çunki uning qizi Eldor Qodirov yaşaydigan mahallaga kelin bölib tuşgandi. Avazbek Abdullayev kuyoviga maşina sovğa qilgani haqida eşitgan Eldor Qodirov uning boyligi köp degan öyga borgandi.
Bolani öğirlab ketib, otasidan tovon puli undiriş rejasiga Uyçi tumanida yaşovçi 25 yoşli Oybek Şamşiddinov, 26 yoşli Abdulatif Sobirov hamda Namangan şahrida yaşovçi 25 yoşli Abdulqodir Yöldoşev qöşiladi. “Pulni bitkoinda olamiz. 200 ming dollar sörayman, 50 ming dollardan taqsimlab olamiz. Biror narsa bölsa barini özim böynimga olaman”, deydi Eldor Qodirov. Biroq keyinçalik u Avazbek Abdullayevdan 200 ming emas, 300 ming dollar söraydi.
Rejaning amalga oşirilişi
Guruhning har bir a’zosiga ma’lum bir vazifa taqsimlab beriladi. Masalan, Abdulqodir Yöldoşevning vazifasi bolani maşinasida bir joydan ikkinçi joyga olib borib qöyiş edi. Şu sababli, Eldor Qodirov göyoki çet davlatga çiqib ketgan qilib körsatiş uçun 2023 yil 9 oktyabr kuni uni Andijon viloyatidagi Döstlik bojxona çegara posti orqali Qirğizistonga çiqarib yuboradi. Oradan 2 kun ötib esa Qirğizistonning Olabuqa tumani orqali Namangan viloyatining Kosonsoy tumaniga aylanma dala maydonlari orqali noqonuniy olib ötadi. Söngra Abdulqodir Yöldoşev reja amalga oşirilişini kutib, Andijon şahridagi köp qavatli uyda bir neça kun yaşaydi.
“Işbilarmon yigitlar” 2023 yil 16 oktyabr kuni rejani amalga oşirişga kirişadi. Soat 3:50 larda Eldor Qodirov, Oybek Şamşiddinov va Abdulatif Sobirov Namangan şahrining Davlatobod tumaniga Yandeks ilovasi orqali taksi çaqiradi. Buyurtmani Jamşid Mamadiyev qabul qilib oladi va Nexia maşinasida çaqiruv manziliga boradi.
Mijozlar taksida Uyçi tumanining Tepasaroy mahallasi hududiga, şimoliy Farğona kanali oldiga keladi. Şunda haydovçiga birdaniga hujum uyuştiriladi: orqa örindiqda ötirgan Abdulatif Sobirov böynidan arqon ötkazib, böğa boşlaydi, Oybek Şamşiddinov uning boşiga maxsus tayyorlangan şapkani kiydiradi, Eldor Qodirov esa böyniga piçoq tirab, qarşilik qilsa öldirişini aytadi. Söngra jinoyatçilar Jamşid Mamadiyevning qöl va oyoqlarini özlari olib kelgan arqon bilan boğlab, oğzini latta bilan berkitişadi va maşinaning orqa yukxonasiga tiqişadi.
Şundan söng Abdulatif Sobirov maşina ruliga ötiradi va ular Uyçi tumanining Mustaqillik mahallasi tomonga qarab ketişadi. Soat 6:30 da manzilga borib, Avazbek Abdullayevning öğli uydan çiqişini kuta boşlaşadi. Soat 8:45 da bola uyidan çiqadi va maktabga yöl oladi. U maktabning orqa eşigi yoniga yetib kelganida yuziga niqob taqqan Oybek Şamşiddinov va Eldor Qodirov hujum qilib, urib-döpposlagan holda bolani majburlab maşinaga mindirişadi.
Şu tariqa bola öğirlanadi. Uni avvaliga Namangan şahrining Yangi Namangan tumanidagi dala maydoniga olib borişadi. Öşa yerda oyoq-qölini arqon bilan boğlab, köz va oğzini berkitişadi. Söngra noqonuniy yöl orqali Qirğizistondan qaytib kelib, öz vazifasini kutib yotgan Abdulqodir Yöldoşevning davlat raqam belgisi 50 N 188 JA bölgan Nexia-2 maşinasiga ötkazişadi.
Abdulqodir Yöldoşev va Abdulatif Sobirov bolani Andijon şahrining Xötan ariq mahallasidagi xonadonlardan biriga olib ketadi. Eldor Qodirov hamda Oybek Şamşiddinov yukxonasida Jamşid Mamadiyev bölgan Nexia’ni Kosonsoy tumanining Bomraha mavzesi hududidagi dala maydoniga boşqarib borişadi. Söngra özingni özing qutqarasan, deya Jamşid Mamadiyev yoniga özlari olib qöyişgan telefonini qaytarib qöyib, voqea joyidan yaşirinişadi. Haydovçi tişlari yordamida qöllaridagi arqonni yeçib, içki işlar xodimlariga xabar beradi.
300 ming dollar tovon puli
Jinoiy rejaning birinçi qismi amalga oşirilgan, endi bola uçun pul undirişgina qolgandi. Jinoyatçilarning nazarida barçasi oson keçayotgan edi. Eldor Qodirov bolaning otasi Avazbek Abdullayevga Telegram orqali aloqaga çiqadi va farzandini tirik körişni xohlasa 300 ming dollar berişi kerakligini aytadi. Agar pulni bermasa, bolasini öldirib yuboriş bilan tahdid qiladi.
Şundan söng jinoyatçilar 18 oktyabr kuni soat 16:00 larda bolani Toşkent viloyatining Çirçiq şahridagi xonadonlardan biriga, keçga yaqin esa Çirçiq tumanidagi dalahovliga olib borişadi. Ular şu tariqa bolani dalahovlida 20 oktyabr kuni soat 15:00 larga qadar ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qilib, uşlab turişadi.
Jinoyatning foş etilişi
Jinoyatçilar hammasi xamirdan qil suğurganday oson keçyapti, deb öylagan bir paytda ikkinçi tomondan içki işlar xodimlari ularni foş qiliş uçun katta kuç bilan işga kirişgan edi.
Bolani öz maşinasida Andijon şahriga olib borgaç, Abdulqodir Yöldoşevga Eldor Qodirov 200 ming söm tutqazib, Qirğizistonga çiqib ketişi kerakligini aytgandi. Abdulqodir Yöldoşev maşinasini uyida qoldirib, özi noqonuniy tarzda Qirğizistonga ötib ketadi.
17 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda bola öğirlangani haqidagi xabarlar paydo bölgandi. Abdulqodir va Eldor bir-birlari bilan Telegram orqali gaplaşib turadi. Ammo içki işlar xodimlari Abdulqodirning iziga tuşgandi. U qölga olinadi.
Abdulqodirning qölga tuşgani ma’lum bölgaç, Oybek Şamşiddinov va Abdulatif Sobirov ham özini IIB xodimlariga topşiradi. Hammasi foş bölganini bilgan Eldor Qodirov bu paytda Çirçiq tumanidagi dalahovlida uşlab turilgan bolani uyiga jönatib yuboradi.
“Oilangni yöq qilib yuboraman dedi”
Abdulqodir, Oybek va Abdulatif sudda ayblariga qisman iqror bölib, bu işlarni Eldor Qodirovning tazyiqi ostida qilişganini aytgan.
Jumladan, Abdulatif Sobirov Eldor Qodirovdan qarz bölib qolgani sababli bu işga rozi bölganini bildirgan.
“Eldor Qodirov bilan Toşkent şahriga bozorga borgan vaqtimda tanişganman. Oilaviy şaroitim oğirligi tufayli undan qarzga pul olib, qarz bölib qoldim. Ma’lum bir muddat ötgaç Eldor Qodirov qarzini qaytarişimni talab qilib, tahdid qila boşladi. Söngra qarzni uzişim uçun işlaşni taklif qildi. Qanday işligini söraganimda quriliş ekanini, buning uçun şerik olişim kerakligini aytdi. Şunda men Oybek Şamşiddinovning oldiga borib, işlaşni taklif qildim va u rozi böldi.
Eldor Qodirovning çaqiruviga binoan Oybek Şamşiddinov bilan Toşkent şahriga bordik. U yerda 3-4 kun dam olib yurdik. Bu vaqt içida Eldor Qodirov nima iş qiliş kerakligini aytmadi. 2023 yil 16 oktyabr kuni keçasi Toşkent şahridan Namangan şahriga keldik”, degan u suddagi körsatmasida.
Abdulatif Sobirov bir neça marotaba bu işni qilmasligini aytganini, şunda Eldor Qodirov uning oilasini yöq qiliş bilan qörqitgani, şu sababli majbur bölganini ma’lum qilgan. Oybek Şamşiddinov va Abdulqodir Yöldoşev ham şunga öxşaş körsatma bergan.
Jazo
Jinoyat işining Eldor Qodirovga oid qismi alohida iş yurituviga olingan. Çunki u Toşkent şahrida boşqa jinoyatlarga ham qöl urgandi.
Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudining 2024 yil 16 maydagi hukmi bilan Eldor Qodirov Jinoyat kodeksining 137-moddasi (odam öğrilaş) 2-qismi “b, v, g” bandlari, 138-moddasi (zörlik işlatib ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qiliş) 2-qismi “a, b” bandlari, 164-moddasi (bosqinçilik) 4-qismi “a” bandi, 165-moddasi (tovlamaçilik) 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi, 223-modasi (qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş yoki Özbekiston Respublikasiga kiriş) 2-qismi “b” bandi, 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) 2-qismi “b” bandi, 267-moddasi (transport vositasini olib qoçiş) 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga 17 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Jinoyat işlari böyiça Uyçi tuman sudining 2024 yil 28 martdagi hukmi bilan Abdulatif Sobirov, Oybek Şamşiddinov va Abdulqodir Yöldoşev Jinoyat kodeksining bir neçta moddalari bilan aybli deb topilgan. Abdulatif Sobirovga 11 yil, Oybek Şamşiddinovga 10 yil-u 3 oy, Abdulqodir Yöldoşevga 7 yil-u 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi berilgan.
Ruslan Saburov,
Kun.uz Sud materiallari asosida tayyorlandi.