Ijtimoiy tarmoqlarda Kökdala tumanidagi 17-umumta’lim maktabi direktori Azamat Ruzanovga tegişli ekani aytilgan audioyozuv tarqaldi. Qaşqadaryo viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Audioyozuvda erkak va ayol suhbati aks etgan. Unda ayol “çizmaçilikka bölsayam olsangiz mayli edi” degan. Bunga javoban maktab direktori: “Gapning dangali-da, sen bilan birga bölişni xohlayman, töğrisini aytsam. Meni tuşundingmi?” deya jinsiy aloqa taklif etgan.
Holat Qaşqadaryo viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi tomonidan örganilgan.
“Boşqarma boşliğining 2025 yil 16 oktyabrdagi 844-K-sonli buyruği bilan maktab direktori vazifasidan ozod etildi. Viloyat Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi pedagog maqomiga doğ tuşiruvçi har qanday salbiy holatni qoralaydi va keskin çoralar körilişini ma’lum qiladi”, deyiladi boşqarma rasmiy munosabatida.
Azamat Ruzanov xalq deputatlari Kökdala tuman kengaşi deputati ham hisoblanadi. U tumanning Naymansaroy mahallasidan deputat etib saylangan. Kengaş kotibiyat mudirining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, hozirda deputatning uşbu harakatini reglament va deputatlik odob-axloq masalalari böyiça doimiy komissiyada körib çiqiş rejalaştirilmoqda.
Avvalroq Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi xodimi ayolga jinsiy aloqa evaziga lavozim taklif qilgandi.











