«Özbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi» davlat muassasasi (UzTest) huzuridagi «Halol sertifikatlaştiriş idorasi» Turkiya Halol Akkreditatsiya Idorasi (HAA) tomonidan akkreditatsiyadan ötkazildi.
«Halol sertifikatlaştiriş idorasi» «Conformity Assessment: Requiremens for Bodies Providing Halal Certification» xalqaro standartiga muvofiq akkreditatsiyadan ötdi. Ta’kidlanişiça, bu Özbekistonda «halol standartlari» böyiça faoliyat yuritayotgan taşkilotlar uçun yangi bosqiçni anglatadi.
Qayd qilinişiça, hozirgi vaqtda jahon bozorida «halol» standartlari va sertifikatlariga bölgan talab ortib bormoqda. Xususan, mahsulotlarni eksport qiliş jarayonida har bir mahsulot turiga mos sertifikatlar talab qilinadi, ular orasida «Halol sertifikati» ham muhim örin tutadi. Bu sertifikat xorijiy, ayniqsa, Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya institutiga (SMIIC) a’zo davlatlarga mahsulot eksport qilişda texnik tösiqlarni bartaraf etişga xizmat qiladi.
Xalqaro ekspertlar ma’lumotlariga köra, «halol» sohasi jahon iqtisodiyotida eng tez rivojlanayotgan yönalişlardan biriga aylandi. Hozirgi kunda «halol» oziq-ovqat va içimliklar sanoati hajmi 2 trillion AQŞ dollari, ziyorat turizmi 400 milliard dollarni taşkil etmoqda.











