Prezident topshirig‘iga ko‘ra, butun respublikada tozalik va ozodalik oyligi davom etmoqda. Bunda barcha hududlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, mahallalar, ko‘chalar, ariqlar, ta’lim muassasalari va boshqa obektlar chiqindilardan tozalanmoqda.
Shuningdek, Ekologiya vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya va Ichki ishlar xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan doimiy nazorat olib borilmoqda va belgilanmagan joylarga chiqindi tashlaganlarga nisbatan qonunchilikka ko‘ra qat’iy choralar ko‘rilmoqda.

Ekologiya vazirligi barchani oylikda faol qatnashishga, atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdi.









