Ijtimoiy tarmoqlarda Şota Rustaveli köçasidagi quriliş işlari davomida oqova suv quvuriga şikast yetkazilgani va oqova suvning Salar kanaliga oqib çiqayotgani haqidagi murojaat yuzasidan Toşkent şahar Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi tomonidan örganiş ötkazildi.

Tekşiruv davomida aniqlanişiça, Yakkasaroy tumanidagi quriliş maydonida «B.B.» MÇJ tomonidan köp qavatli turar joy binosi qurilişi vaqtida şahar oqova suv tarmoğiga tegişli quvurga şikast yetkazilgan. Natijada quvurning bir qismi öpirilib tuşgan va töplangan suyuq çiqindilar maxsus nasoslar orqali heç qanday tozalaş işlarisiz töğridan töğri Salar kanaliga çiqarilgan.

Ekologiya boş boşqarmasining tahliliy laboratoriyasi tomonidan olingan namunalar tahliliga köra, çiqindilar tarkibida neft mahsulotlari qoldiqlari ruxsat etilgan me’yordan 5,02 marta, ammoniy azoti 43,5 marta, kimyoviy kislorod sarfi 4,9 marta, muallaq moddalar esa 13,6 marta yuqori ekani ma’lum bölgan.

Şuningdek, suyuq çiqindilar töplangan tuproq namunalarida ham neft mahsulotlari qoldiqlari me’yordan yuqori ekani aniqlangan.

Toşkent şahar kanallardan foydalaniş va ularga tutaş hududlarni obodonlaştiriş boşqarmasi ma’lumotiga köra, jami 63 ming 936 kub metr suyuq çiqindi heç qanday ruxsatnomasiz Salar kanaliga taşlangan.

Uşbu holat oqibatida «Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida»gi qonun hamda Suv kodeksining bir qator moddalari talablari buzilgani qayd etildi. Buning uçun «B.B.» MÇJga suv ob’yektiga yetkazilgan zarar böyiça 2 milliard 160 million 13 ming 824 söm miqdorida kompensatsiya hisoblandi.

Bundan taşqari, yer relefining ham ifloslantirilgani aniqlanib, mazkur holat uçun qöşimça 60 million 27 ming 81 söm kompensatsiya belgilandi.

Natijada quriliş kompaniyasi jami 2 milliard 220 million 40 ming 905 söm miqdorida kompensatsiya tölaşi belgilandi.