Madagaskarda deyarli uç hafta davom etgan ommaviy norozilik namoyişlaridan söng hokimiyat almaşdi. Prezident Andri Radzuelin mamlakatdan qoçib ketdi, harbiylar esa mamlakatga rahbarlikni öz qöliga olişini e’lon qildi.

«Biz hokimiyatni qölga oldik», – deya e’lon qildi 14 oktyabr kuni tuşdan keyin CAPSAT elita harbiy bölinmasi rahbari, polkovnik Maykl Randrianirina. Uning sözlariga köra, harbiylar davlat hokimiyatining aksariyat institutlari, jumladan, senat, konstitutsiyaviy sud va saylov komissiyasi faoliyatini töxtatmoqda.

Milliy majlis (parlamentning quyi palatasi) esa hozirça öz işini davom ettiradi. Harbiylar hokimiyatni egallab olganini e’lon qilişidan bir neça daqiqa oldin milliy assambleya prezident Andri Radzuelinning impiçmentini yoqlab ovoz bergandi. Bu qarorning qonuniyligi şubhali – bir kun oldin rasman hali ham prezident lavozimida bölgan Radzuelin öz farmoni bilan parlamentni tarqatib yuborgandi. Deputatlar, öz navbatida, bu qarorni e’tiborsiz qoldirişdi.

Maykl Randrianirina

Radzuelinning özi duşanba kuni mamlakatni tark etdi, u buni öz hayoti xavf ostida qolgani bilan izohlagan. U millatga murojaatida «xavfsiz joyda» ekanini aytdi va «Madagaskarning yöq qilinişiga yöl qöymasligi»ni ta’kidladi. U hozir qayerda ekani aniq emas. Reuters agentligi ma’lumotlariga köra, Radzuelin Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning roziligi bilan Fransiya harbiy samolyotida mamlakatdan olib çiqilgan.

Fransiya – Madagaskarning sobiq metropoliyasi hisoblanadi, orol 1960 yilda mustaqillikka erişgan. Makron Madagaskardagi voqealarga izoh berarkan, konstitutsiyaviy tartibni saqlab qoliş zarurligini aytdi va «Fransiya yoşlarning noroziligini tuşunsa-da», harbiylar undan öz maqsadlari yölida foydalanişga urinmasligi kerakligini ta’kidladi. Şu bilan birga, Parijdagilar vaziyatga bevosita aralaşiş niyatida emasliklarini ta’kidladi.

Madagaskarda norozilik namoyişlari 25 sentabr kuni boşlangandi. Dastlab namoyişçilar surunkali elektr energiyasi va suv tanqisligidan norozilik bildirgandi, biroq tez orada ularning talablari siyosiy talablarga – hukumat va prezidentning iste’fosiga özgardi.

Namoyişlar boşlanganidan bir neça kun ötgaç, Radzuelin hukumatni iste’foga çiqardi va namoyişçilar bilan muloqot qilişga tayyorligini aytdi, şuningdek, mamlakat poytaxti Antananarivuda bir oy içida elektr ta’minotidagi uzilişlar töxtatilmasa, öz ixtiyori bilan lavozimini tark etişga va’da berdi. Bu noroziliklarni töxtata olmadi. BMT ma’lumotlariga köra, ularni kuç bilan bostirişga urinişlar 22 kişining ölimiga olib kelgan, rasmiylar faqat 12 nafar namoyişçining ölimini tasdiqlagan.