Futbol böyiça Özbekiston U-17 jamoasining jahon çempionatidagi iştirokiga sanoqli kunlar qoldi. Mundial oldidan jamoa boş murabbiyi Islombek Ismoilov matbuot anjumanida qatnaşib, örtoqlik öyinlarida olingan xulosalar va JÇ uçun rejalari haqida gapirdi.

17 oktyabr kuni Milliy futbol markazida Özbekiston U-17 jamoasi boş murabbiyi Islombek Ismoilov va futbolçi Azizbek Erimbetov iştirokida matbuot anjumani ötkazildi. Dastlab Ismoilov Turkiya bilan öyinda qiziqqonlik ortidan olingan sariq kartoçkalarga töxtaldi. U bunday xatolar katta öyinlarda pand bermasligi uçun alohida işlanayotganini aytdi.

“Endi bu narsa köproq mentalitet bilan boğliq. Sababi biz qiziqqon xalqmiz. Bu narsa qonimizda bor. Lekin buning ustida futbolçilar bilan juda köp işlarni amalga oşiryapmiz. Aynan öşa Osiyo çempionatidan keyin öyin holatlari qaytadan körib çiqilgan va har tomondan futbolçilarga tuşuntiriş işlari olib borilgan.

Endi 17 yoş – bu ötiş davri hisoblanadi, qiyin hozirgi holatda. Şunga qaramasdan, har bitta örtoqlik uçraşuvlaridan keyin ham buning ustida tinimsiz işlarni amalga oşiryapmiz. Hattoki maşğulotlarda ham kimdir oddiy sariq kartoçka olsa, unga jarimalar qöllaganmiz.

Endi qöldan kelgança hamma işlar amalga oşirilyapti. Yana musobaqaga yaqin vaqt qolganda, ularning ustida bir qator tuşuntiriş işlarini olib boramiz. Öylaymanki, endi bu safar unaqa qöpol xatolar bölmaydi”, deydi Ismoilov.

U örtoqlik öyinlari foydali bölganini qayd etgan.

“Bu örtoqlik uçraşuvida biz ikkala öyinda (Turkiya ösmirlariga qarşi öyinlar) ikki xil taktikani közdan keçirdik. Birinçi öyinda 4-2-2-2 sxemasini, köproq öşa maydon markazi orqali öynaş taktikasini körib çiqdik. Buning uçun bizda futbolçilar yetarli darajada edi. Şuning uçun hujumçisiz öynadik, köproq yarimhimoyaçilarga imkoniyat berdik. Futbolçilar imkon darajasida bu narsalarni bajarişga harakat qilişdi va birinçi öyindan keyin tahlil qildik.

Ikkinçi öyinda esa, odatiy 4-3-3 sxemasiga qaytdik. Ikki xil taassurot qoldirdi. Öziga yaraşa plyus-minus tomonlari bor. Umuman, bu öyindan asosiy maqsad – öşa yakuniy qarorni qabul qilişimiz uçun futbolçilarga baho berişimiz kerak edi. Deyarli 90 foizga öşa futbolçilardan jahon çempionatiga borişi kerak bölgan 21 talik tarkib böyiça qaror qabul qildik, desam ham böladi. Öylaymanki, bu öyinlar jamoa foydasiga işladi”, deydi murabbiy.