Hamas siyosiy byurosi a’zosi Muhammad Nazzol Reuters naşriga Trampning sulh bitimi borasida eksklyuziv intervyu berdi. Suhbat guruh siyosiy boşqaruvçilari ança vaqtdan beri panoh topgan Qatar poytaxti — Dohada bölib ötdi.

Muhammad Nazzol guruhning Ğazoda ötkazgan jinoyatçilarni jazolaş «tadbiri»ni himoya qildi: unga köra, uruş paytida favqulodda çora-tadbirlar zarur bölgan, qatl etilganlar esa odam öldirgan jinoyatçilar edi.

U «Hamas qurollarini topşiradimi?» degan savolga aniq javob bermadi:

«Ha yoki yöq deb javob bera olmayman. Oçiğini aytsam, bu loyihaning mohiyatiga boğliq. Siz aytayotgan qurolsizlaniş loyihasi nimani anglatadi? Qurollar kimga topşiriladi?» dedi u.

Nazzolning aytişiça, muzokaralarning keyingi bosqiçida muhokama qilinadigan masalalar: qurollar, xavfsizlik va boşqalar – nafaqat Hamas, balki boşqa qurollangan falastinlik guruhlarni ham qamrab oladi. Bu masalalarda barça falastinliklar umumiy pozitsiyaga kelişi kerak, dedi u.

Nazzol, şuningdek, Hamas garovdagilarning jasadlarini saqlab qolişdan manfaatdor emasligini aytdi.

Uning ma’lum qilişiça, Hamas 28 jasaddan kamida 9 tasini topşirgan, ammo qolganlarini topişda «texnik muammolar» bor. Zarurat tuğilsa, Turkiya yoki AQŞ kabi qidiruvda yordam beradi. Ötgan hafta Turkiya rasmiylaridan biri Turkiya Isroil, AQŞ, Qatar va Misr bilan birgalikda jasadlarni topiş böyiça qöşma guruhda iştirok etişini aytgan edi.

Hamas 4 oktyabrda garovdagilarni ozod qiliş va boşqaruvni texnokratik qömitaga topşirişga rozi bölgan, ammo boşqa masalalarni kengroq falastinlik muhitda muhokama qiliş zarurligini bildirgan edi. Ular barça tirik garovdagilarni duşanba kuni ozod qilgan.

Qurolsizlaniş uçun bosimlar

Hamas ilgari ham qurolsizlanişni qat’iy rad qilgan. Reuters’ning yozişiça, Nazzolning aynan hozirgi paytdagi bayonoti Ğazoda uruşni butunlay töxtatişga qaratilgan sa’y-harakatlarni töliq amalga oşirişga jiddiy tösiqlarni körsatadi.

Uning fikrlari Hamas pozitsiyasi va Donald Trampning Ğazo böyiça rejasi örtasidagi katta tafovutlarni oçib beradi. Tez orada bölib ötişi kutilayotgan muzokaralarda Hamasning qurollari va Ğazo boşqaruvi masalalari muhokama qilinadi.