Namangan şahrida Koreya va Slovakiyaga işga yuborişini aytib, odamlardan firibgarlik bilan pul olgan şaxslar uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura departamenti xabar berdi.

Xabarga köra, Departamentning Namangan şahri bölimi va DXX xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro M.A. fuqarolar M.S. va A.K.ning işonçiga kirib, 2 000 AQŞ dollari evaziga Koreya davlatiga işga yuborişini aytib, oldindan 1 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Yana bir holatda esa fuqaro R.M. fuqaro M.B.ni 40 mln söm evaziga Slovakiya davlatiga işga yuborişi uçun kelişilgan pullar hisobidan 600 AQŞ dollari va 2,8 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.