Uşbu bitim ikki tomonlama munosabatlarning strategik yönalişini belgilab beradi. Bu hujjat, eng avvalo, Özbekiston iqtisodiyotini zamonaviy global tizimga integratsiya qiliş va Yevropa bozorlari bilan amaliy hamkorlikni çuqurlaştirişga qaratilgan.
Bitim 1996 yildagi hujjatni almaştirib, Özbekiston va Yevropa Ittifoqi munosabatlarini yangi bosqiçga olib çiqadi. Uning asosiy mazmuni - iqtisodiy pragmatizm va amaliy natija. Hujjat erkin bozor tamoyillarini mustahkamlaş, bojxona va texnik tösiqlarni kamaytiriş, xizmatlar savdosini erkinlaştiriş hamda töğridan-töğri investitsiya oqimini rağbatlantirişni nazarda tutadi.
Ekspertlar fikriça, mazkur bitim Özbekiston uçun Yevropa bozorlariga keng yöl oçib, milliy işlab çiqarişni xalqaro standartlarga moslaştiriş va eksport salohiyatini oşiriş imkonini beradi. Şu bilan birga, bitim Yevropa Ittifoqining GSP+ imtiyozlaridan foydalanişni kengaytiradi va mamlakatning Jahon savdo taşkilotiga a’zolik jarayonini tezlaştiradi. Bu Özbekiston mahsulotlarining Yevropa bozorlariga teng raqobat asosida çiqişi uçun huquqiy va institutsional zamin yaratadi.
Hujjat, şuningdek, “yaşil iqtisodiyot”, qayta tiklanuvçi energiya, raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar sohalarida hamkorlikni rivojlantirişni közda tutadi. Yevropa Ittifoqi fondlari orqali moliyalaştiriladigan ekoproyektlar va “Horizon Europe”, “Erasmus+” kabi dasturlarda iştirok qiliş imkoniyati Özbekiston iqtisodiyotining texnologik yangilanişiga xizmat qiladi.
Mutaxassislar ta’kidlamoqda: yangi bitim Özbekiston va Yevropa Ittifoqi munosabatlarini siyosiy emas, amaliy iqtisodiy mazmunda qayta formatlaydi. U nafaqat savdo hajmini oşiriş, balki Yevropa investitsiyalari, innovatsiyalar va texnologiyalarini mamlakat iqtisodiyotiga olib kirişga qaratilgan.
Şu bilan birga, bitim inson huquqlari, oçiq boşqaruv va qonuniylik sohalaridagi hamkorlikni ham qamrab oladi. Biroq bu elementlar islohotlarni qöllab-quvvatlovçi yordamçi yönaliş sifatida körilmoqda. Asosiy ustuvor vazifa - Özbekiston iqtisodiyotini raqobatbardoş, diversifikatsiyalaşgan va barqaror modelga aylantirişdir.
Bitimning amalga oşirilişi Özbekistonni Yevropa va Markaziy Osiyo örtasidagi strategik iqtisodiy köprikka aylantiradi. “Global Gateway” taşabbusi doirasida transport, energetika va raqamli infratuzilmani rivojlantiriş böyiça loyihalar amalga oşirilişi rejalaştirilmoqda.
Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi Bitim - bu siyosiy ramz emas, amaliy iqtisodiy strategiya. U Özbekiston uçun Yevropa investitsiyalari, yangi texnologiyalar va eksport imkoniyatlariga yöl oçib, mamlakatning iqtisodiy mustaqilligi va barqaror rivojlanişini ta’minlaydi.












