24 oktyabr kuni Bryussel şahrida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Yevropa kengaşi prezidenti Antoniu Koşta va Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen iştirokida Özbekiston va Yevropa Ittifoqi örtasida Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitimni imzolaşga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.

Hujjat 1996 yilgi Şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitimga asoslangan Özbekiston – Yevropa hamkorligining huquqiy bazasini yangilaydi hamda sezilarli darajada kengaytiradi.

Yangi bitim loyihasi böyiça muzokaralar 2019 yil fevral oyida boşlanib, 2022 yil iyul oyida yakunlangan. Hujjat 2022 yil 6 iyul kuni Bryussel şahrida parafirlangan edi.

Bitim 9 ta bölim, 356 ta modda va 14 ta ilovadan iborat. U ikki tomonlama munosabatlarning deyarli barça sohalarini qamrab oladi hamda siyosiy muloqotni mustahkamlaş, savdo va investitsiyalar, barqaror rivojlaniş, fan va ta’lim, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar, atrof-muhit va iqlim özgarişiga alohida e’tibor qaratgan holda barça özaro manfaatli yönalişlarda hamkorlikni rivojlantiriş uçun keng qamrovli huquqiy asosni şakllantiradi.

«Bitimning imzolanişi Özbekiston va YeI munosabatlarida yangi bosqiçni boşlab beradi hamda köp qirrali şeriklikni misli körilmagan yuksak darajaga olib çiqadi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.