Davlat xavfsizlik xizmati hamda Içki işlar organlari xodimlari tomonidan «Xavfsiz va soğlom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi navbatdagi tezkor tadbir ötkazildi.
Tadbir davomida Böstonliq tumanida yaşovçi 1971 yilda tuğilgan fuqaro taqiqlangan köknori ösimligini ekib, parvarişlab kelayotgani aniqlangan.
Gilavasoy qişloği toğ yonbağirlarida joylaşgan yer maydoni közdan keçirilganda, jami 17 600 tup köknori va 9 tup kannabis ösimligi mavjudligi ma’lum bölgan.
Şuningdek, gumonlanuvçining yaşaş xonadoni tintuv qilinganda, quritilgan köknori boşoqlari hamda quritib, maydalangan holda saqlanayotgan köknori aşyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi «v» bandi hamda 25, 273-moddasi 6-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

















