2025 yil yanvar-sentabr oylarida örtaça oylik iş haqi 6 mln 167 ming sömni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 19,2 foizga ösgan. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.

Hududlar kesimida örtaça oylik iş haqining eng yuqori miqdori Toşkent şahri (10 mln 379 ming), Navoiy (7 mln 612 ming) va Toşkent viloyatida (5 mln 803 ming), eng kam miqdori esa Qaşqadaryo (4 mln 270 ming), Surxondaryo (4 mln 347 ming) va Namangan (4 mln 543 ming) viloyatlarida qayd etilgan.

Oylik maoşlarning eng yuqori ösişi Samarqand (+24,8 foiz), Namangan (+20,9 foiz) va Sirdaryo (+20,7 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.
Hisobot davrida faqatgina ikkita ma’muriy hududda (Toşkent şahri va Navoiy viloyati) nominal iş haqi respublikadagi örtaça darajadan yuqori bölib, qolgan barça hududlarda bu körsatkiç respublika darajasidan turli miqdorda past şakllangan.
Poytaxt va hududlar örtasidagi iş haqi farqi kattaligiça qolyapti. Xususan, eng yuqori (Toşkent) va eng past (Qaşqadaryo) iş haqi örtasidagi tafovut 2,43 barobarga yetgan.
2020-2023 yillarda yilda eng köp va eng kam örtaça oylik tölanuvçi hududlardagi tafovutlar:
● 2020 yilda: (Toşkent/Qaşqadaryo). Farq – 96 foiz;
● 2021 yilda: (Toşkent/Surxondaryo). Farq – 2,03 barobar;
● 2022 yilda: (Toşkent/Samarqand). Farq – 2,17 barobar;
● 2023 yilda: (Toşkent/Namangan). Farq – 2,25 barobar.
Hisobot yakunlariga köra, sohalar kesimida örtaça oylik iş haqi miqdori:
● bank, suğurta, lizing va kredit vositaçilik faoliyatida – 16 mln 829 ming söm;
●

















