Oylik doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi xodimlaridan iborat ishchi guruh tashkil etildi. Guruh tomonidan atrof-muhitni ifloslantirish bilan bog‘liq qonunbuzarliklar o‘rganilib, tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Reydlar natijalari: 3 792 ta chiqindi tashlash holati aniqlandi (15–25 oktyabr).

Huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi. Kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

Barcha hududlarda mahallalar, ko‘chalar, ta’lim muassasalari va boshqa obektlardan chiqindilar tozalanmoqda, ko‘kalamzorlashtirish va profilaktik targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Ekologiya vazirligi barchani oylik doirasidagi tozalik tadbirlarida faol ishtirok etishga, duch kelgan joyga chiqindi tashlamaslikka va atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdi. Eslatib o‘tiladi: tabiatni ifloslantirish uchun qat’iy javobgarlik belgilangan.