Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞ prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Serjio Gor boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uçraşuvda AQŞ davlat kotibining örinbosari Kristofer Landau va boşqa rasmiy şaxslar ham iştirok etdi.

Joriy yil 23 sentabr kuni Nyu York şahrida oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston – AQŞ strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.

Uçraşuv avvalida Serjio Gor davlat rahbariga AQŞ prezidenti Donald Trampning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.

Jadal siyosiy muloqot, turli darajalardagi almaşinuvlar va faol işbilarmonlik aloqalari yölga qöyilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboşlaş hajmi ortmoqda, oktyabr oyi boşida AQŞ Savdo palatasi delegatsiyasining taşrifi muvaffaqiyatli ötdi.

Qabul qilingan «yöl xaritasi» asosida sanoat, moliya, muhim minerallar, energetika, raqamlaştiriş, qişloq xöjaligi va boşqa ustuvor yönalişlardagi loyihalarni ilgari suriş dolzarbligi ta’kidlandi.

Tomonlar xavfsizlik, terrorizm va ekstremizm, noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş sohalarida şeriklikni mustahkamlaş masalalarini ham muhokama qilişdi.

Global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi.

Bölajak tadbirlar rejasi, şu jumladan kelgusi hafta Vaşington şahrida «S5+1» formatidagi sammitni ötkaziş masalalari körib çiqildi.