Toşkent şahar hokimining qarori bilan Veolia Energy Taşkent tomonidan körsatiladigan markazlaşgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uçun yangi tariflar tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, issiqlik ta’minoti xizmatlari uçun tariflar aholiga 15 foizga oşirildi.

Bazaviy tarif QQSsiz 711 641 söm/Gkal, aholi uçun 139 860 söm/Gkal, budjet taşkilotlari uçun 952 797 söm/Gkal, boşqa ulgurji xizmat körsatuvçi taşkilotlar uçun esa 342 296 söm/Gkal etib belgilandi.

Bu narxlar xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşi tomonidan 22 avgustda ma’qullangan edi.

Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan (27 oktabr) e’tiboran kuçga kirişi ta’kidlangan. Ammo qonunçilikka köra, kommunal tölovlar narxi oşadigan bölsa, bu haqda 15 kun oldin OAV orqali xabar berilişi kerak.