AQŞ prezidenti Donald Trampning topşiriğiga binoan ötkaziladigan yadroviy qurol (YaQ) sinovlari hozirça atom bombalarini portlatiş bilan keçmaydi. Bu haqda AQŞ energetika vaziri Kris Rayt 2 noyabr kuni Fox News telekanalidagi The Sunday Briefing dasturida aytib ötdi.

«Menimça, hozir gap ketayotgan sinovlar — bu tizimli sinovlar», — dedi u. «Bu — yadroviy portlaşlar emas. Biz buni subkritik (portlaşsiz) sinovlar deymiz», — deya qöşimça qildi vazir.

Söz subkritik sinovlar haqida bormoqda — ya’ni sinovlar yadroviy qurolning boşqa barça qismlarini qamrab oladi va ularning işlaşi hamda detonatsiyani keltirib çiqara oliş-olmasligini tekşirişga imkon beradi, dedi Rayt. AQŞda bunday sinovlar uçun şu vazirlik javobgar.

Uning ta’kidlaşiça, sinovlar yangi tizimlarda ötkaziladi va ularning amaldagi tizimlarga nisbatan samaradorligini kafolatlaşga qaratilgan.

Nevada ştatidagi sinov poligoni yaqinida yaşovçilar «qaysi bir paytda zangsimon bulut paydo bölişini kutsa böladi?» degan savolga Rayt: «Yöq, bu haqda xavotirlanmaslik mumkin», — deb javob berdi.

«Fan va hisoblaş qudrati tufayli biz yadroviy portlaşda nima bölişini ajoyib aniqlik bilan modellaştira olamiz», — deya uning sözlarini keltirdi Reuters. «Hozir biz ana şunday natijani ta’minlaydigan şaroitlarni modellayapmiz va bomba konstruksiyasini özgartirar ekanmiz, bu qanday oqibatlarga olib kelişini köryapmiz», — dedi Kris Rayt.

AQŞ prezidenti Donald Tramp bundan oldin Pentagonga yadroviy qurol sinovlarini boşlaşni buyurganini aytgan edi. «Boşqa davlatlar sinov dasturlarini olib borayotgani uçun men mudofaa idorasiga yadroviy qurolimizni paritet asosida sinaşni boşlaşni topşirdim. Bu jarayon darhol boşlanadi», — deb yozdi u 30 oktyabr keçasi Truth Social ijtimoiy tarmoğida.

AQŞ 1992 yildan beri töliq quvvatli yadroviy qurol sinovlarini ötkazmagan. Vaşington 1996 yildagi Yadroviy sinovlarni töliq taqiqlaş şartnomasini imzolagan, ammo ratifikatsiya qilmagan. Şundan beri AQŞ Nevada poligonida yerostida subkritik yadroviy sinovlar ötkazib kelgan.

Moskva sönggi marta 1990 yilda, SSSR davrida yadroviy sinov ötkazgan. Rossiya Yadroviy sinovlarni töliq taqiqlaş şartnomasini imzolab, ratifikatsiya qilgan, ammo 2023 yilda imzosini qaytarib olgan. Undan avval AQŞ RFni moratoriyni buzişda ayblab kelgan.

Sönggi kunlarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin avval yadroviy energetik qurilmaga ega «Burevestnik» qanotli raketasi, söng yadroviy energetik quvvatli «Poseydon» suvosti pilotsiz apparati sinovlari haqida bayonot berdi. Biroq Rossiya yadroviy qurolning özi sinovdan ötkazilganini rasman e’lon qilmagan.