Unga köra, 2026 yil 1 yanvardan boşlab bosim ostida işlovçi siğimlarda ijtimoiy jihatdan öta xavfli mahsulot saqlanişini inobatga olgan holda, muqaddam iste’molda bölgan (beş yildan oşiq) hamda işlab çiqariş muddatini aniqlaş imkoni mavjud bölmagan siğimlarni respublika hududiga olib kiriş va xizmat muddati tugagan avtomobillarga gaz quyiş (propan) va avtomobillarga gaz töldiriş kompressor (metan) şoxobçalari, gaz töldiriş stansiyalari (Gs) va punktlari (GTP)larda örnatilgan bosim ostida işlaydigan siğimlar sanoat xavfsizligi ekspertizasidan ötkazilmaydi va foydalanişdan çiqariladi;

neft mahsulotlari (benzin, dizel yonilğisi) va suyultirilgan uglevodorod gazini saqlaş siğimlari va ularni tarqatiş ustunlari bir joyda joylaştirilgan holdagi konteynerlarni örnatiş va ulardan foydalaniş taqiqlanadi.

Tegişli idora va vazirliklar 2026 yil 1 martdan boşlab respublikadagi mavjud yoqilği quyiş, saqlaş va tarqatiş inşootlari hamda çakana savdo şoxobçalarida yuz berişi mumkin bölgan avariyaviy holatlarning oldini oliş, fuqarolar xavfsizligi va mehnat muhofazasini şuningdek, uşbu obektlarni joylaştirişda şaharsozlik norma va qoidalariga sözsiz rioya etilişini ta’minlaş maqsadida bir yilda bir marotaba xodimlarning bilim darajasini tekşiriş va ularni malakasini oşiriş mexanizmlarini nazarda tutuvçi tartib işlab çiqadi.

Özenergoinspeksiya hamda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi tomonidan yonğin va sanoat xavfsizligi, texnologiya talablariga rioya etilişini ta’minlaş böyiça bir yilda kamida bir marotaba majburiy ravişda Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini ximoya qiliş böyiça vakilni 24 soat içida xabardor qiliş tartibida tekşiriş ötkazilişi ta’minlaydi.

2026 yil 1 aprelga qadar fuqarolar hayoti va soğliğiga xavf tuğdiradigan, jamoat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qiliş, sanoat va yonğin xavfsizligi hamda şaharsozlik normalari va qoidalariga, jumladan muhofaza zonalari talablariga javob bermaydigan şoxobçalarni xavfsiz hududlarga köçiriş çoralari köriladi.