Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyaga Qozog‘iston nefti yetkazib berish 25 foizga oshdi
2025 yil oktyabrida GFRga “Drujba” quvur tizimi orqali 225 ming tonna neft yetkazib berildi, deb xabar qildi “QazTransOyl”. Qozog‘iston eksport hajmini yiliga 2,5 mln tonnagacha oshirishni maqsad qilmoqda.
Foto: kaztag.kz
Qozog‘iston neftini Germaniyaga “Drujba” magistral neft quvurlari tizimi orqali tashish hajmi oktyabr oyida 225 ming tonnani tashkil etdi — bu sentabrga nisbatan 25 foiz ko‘p, deb xabar berdi 4 noyabr kuni “Interfaks-Qozog‘iston” milliy kompaniya “QazTransOyl” (QTO)ga tayangan holda.
Kompaniya aniqlik kiritishicha, “2025 yil oktyabrida ‘QazTransOyl’ AJ PAO ‘Transneft’ning magistral neft quvurlari tizimiga Germaniyaga yetkazish uchun keyinchalik yo‘naltirish maqsadida ‘Adamova zastava’ neft topshirish punkti yo‘nalishida 225 ming tonna qozoq neftini topshirdi”.
Qozog‘iston Germaniyaga “Drujba” tizimi orqali neft yetkazib berishni 2023 yilda boshlagan. 2024 yilda bu yo‘nalishda 1,5 mln tonna xomashyo eksport qilingan. Dastlab “QazMunayGaz” 2025 yilda ham shu hajmni saqlab qolishni aytgan edi, keyinchalik kompaniya ko‘rsatkichni 2 mln tonnaga yetkazish niyati borligini ma’lum qildi.
2025 yil oktyabrida “QazMunayGaz” rahbari Asxat Xasenov yil yakuni bo‘yicha Qozog‘iston Germaniyaga 1,7 mln tonna neft yetkazishni kutayotganini bayon etdi.
Qozog‘iston va Germaniya “Drujba” neft quvuri orqali yetkazib berish hajmini oshirish masalasida muntazam muzokaralar o‘tkazmoqda. Qozog‘iston energetika vaziri Erlan Akkenjyenovning ta’kidlashicha, tizimning texnik quvvati eksport hajmini yiliga 2,5 mln tonnagacha yetkazish imkonini beradi.
Mavzuga oid
11:47
So‘rov: nemislar hukumat va pensiya tizimidan norozi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
19:30 / 04.12.2025
Qozog‘istonda 16 yoshga to‘lmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochish taqiqlanishi mumkin
16:30 / 04.12.2025