Memorandum doirasida tomonlar bir neçta asosiy hamkorlik yönalişlarini belgilab oldi. Unga köra, migrantlar oilasidan bölgan ayol-tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida grant va öquv dasturlari orqali moliyaviy manbalarni topiş hamda jalb etiş yölida hamkorlik qilinadi.
Şuningdek, ayollarning barqaror daromad manbalarini yaratişiga va iqtisodiy zaiflikni kamaytirişiga xizmat qiluvçi manzilli grant mexanizmlari işlab çiqiladi va amaliyotga joriy etiladi. Hamkorlik doirasida ayollar örtasida tajriba almaşiş, özaro örganiş va mahalliy biznes uyuşmalari bilan aloqalarni mustahkamlaşga qaratilgan mentorlik dasturlari taşkil etiladi. Şu bilan birga, qöşma taşabbuslarning samaradorligini oşiriş maqsadida dasturlar monitoringi va baholaş tizimi yölga qöyiladi.
«Ayollarning imkoniyatlarini kengaytirar ekanmiz, biz ularni faqat qöllab-quvvatlamaymiz, balki oilalarning özgarişi uçun şaroit yaratamiz. Bu oilaviy budjetni oqilona boşqariş, pul ötkazmalaridan samarali foydalaniş va iqlim özgarişlariga nisbatan uy xöjaliklarining bardoşliligini oşirişga xizmat qiladi», dedi Nozimaxon Davletova, Prezidenti Administratsiyasi rahbarining konsultanti – Inson kapitalini rivojlantiriş böyiça Loyiha ofisi rahbari.
«Mehnat migrantlari oilasidan bölgan ayollar köpinça ikki karra yukni kötaradi. Ular ham oila parvarişi, ham daromad topiş uçun mas’ul. IOM bilan hamkorlik orqali biz ularga zarur bilim, vosita va işonç beramiz, şunda ular oilalari va mahalliy hamjamiyatlar foydasiga barqaror biznes yarata oladi», dedi Dilfuza Nurmatova, «Hamroh» kompaniyasi boş direktori.
«Ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytiriş — bu butun hamjamiyatlarni mustahkamlaşdir. «Hamroh» bilan hamkorligimiz migrantlar oilasidan bölgan ayollarning mamlakat iqlim özgarişlariga moslaşiş jarayonidan çetda qolmasligini ta’minlaydi», dedi Endryu Grey, IOM Özbekiston missiyasi rahbari.
«Hamroh» va IOM örtasidagi hamkorlik iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytiriş, ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj jamoalarda yaşovçi ayollarni qöllab-quvvatlaş va ularning mamlakat barqaror rivojlanişiga qöşayotgan hissasini kuçaytirişga qaratilgan.
Ma’lumot uçun, «Hamroh» — Özbekistonda ayollar tadbirkorligini qöllab-quvvatlovçi birinçi kompaniya bölib, ayollarga bepul maslahatlar, mentorlik va öquv dasturlari taqdim etadi. Kompaniya imtiyozli kreditlar olişda kömaklaşadi, ayollarni biznes yuritiş könikmalari bilan qurollantiradi hamda ularning yangi imkoniyatlardan foydalanişiga yordam beradi.
Xalqaro Migratsiya Taşkiloti (IOM) — 1951 yilda taşkil etilgan, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tizimiga kiruvçi agentlik bölib, migratsiya masalalari bilan şuğullanadi. Taşkilot dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritadi va 2015 yildan buyon Özbekistonda mehnat migratsiyasi, migrantlarni himoya qiliş, favqulodda vaziyatlarga javob beriş hamda iqlim özgarişiga moslaşiş sohalarida keng kölamli dasturlarni amalga oşirib kelmoqda.













