Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan taniştiramiz.

Davlat budjeti mablağlari hisobidan tibbiy yordam körsatiş tartibi belgilandi

Yangi nizomga köra, tibbiyot taşkilotlarida yöllanma asosida Davlat budjeti mablağlari hisobidan tibbiy yordam quyidagilarga körsatiladi:

- tuman (şahar) va hududiy darajalarda – aholining barça toifalariga;

- respublika darajasida – imtiyozli bemorlarga.

Davlat budjeti hisobidan tibbiy yordam oliş uçun bemorlar özi biriktirilgan birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasasiga murojaat qiladi.

Yangi XCM moliyaviy piramidasi tarqaldi, uni içki işlar organlari xodimlari ham tarğib qilmoqda

Özbekistonda şakli va uslubi oldingilaridan mutlaqo farq qilmaydigan XCM moliyaviy piramidasi tobora ommalaşib bormoqda. Açinarlisi, bu çöpçakka uning oldini olişi kerak bölgan xizmatlar xodimlari ham işonyapti. Hatto ayrim xodimlar XCM tarğibotiga aralaşgan. Uşbu moliyaviy piramidaga pul tikayotgan minglab fuqarolar aldanib qoliş arafasida.

XCM moliyaviy piramidasiga huquq-tartibot organlarining 200 nafarga yaqin xodimi qöşilgani ta’kidlanmoqda.

Samarqand tarixi YuNeSKO xulosasi bilan 3000 yildan ortiq deb baholandi

YuNeSKO 43-sessiyasi doirasida ötgan xalqaro anjumanda Samarqand tarixi qayta baholandi. Ilmiy dalillar va arxeologik topilmalarga asoslangan xulosaga köra, şaharning tarixi ilgari aytilgandek 2750 yil emas, balki 3000 yildan ham qadimroq ekani tasdiqlandi.

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, Afrosiyob, Köktepa va boşqa arxeologik obektlarda olib borilgan qazişmalar natijalari Samarqand hududidagi ilk aholi manzilgohlari miloddan avvalgi II ming yillikka borib taqalişini körsatmoqda.

Yuk maşinasida 3 kişini qasddan bosib öldirgan şaxs umrbod qamaldi

Navoiy viloyatining Tomdi tumanida dahşatli qotillik jinoyati sodir etildi. 41 yoşli Salim Rustamov MIB xodimlari köz öngida sobiq turmuş örtoği, keksa qaynona va qaynotasini yuk maşinasida qasddan bosib öldirdi. Janjalning sababi erkakni sobiq qaynotasiga tegişli dalahovlidan majburiy tartibda çiqariş bilan boğliq bölgan.

JIB Tomdi tuman sudi hukmi bilan Salim Rustamovga umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Qatağon qurbonlari merosini tarğib etiş böyiça dastur tasdiqlandi

Hukumatning qarori bilan qatağon qurbonlari hayoti va faoliyatini tarğib etiş işlarini jadallaştirişga qaratilgan 2025–2026 yillar dasturi tasdiqlandi.

Hujjatga muvofiq, xotirani asraş va ma’naviy merosni ommalaştiriş böyiça quyidagi tadbirlar amalga oşiriladi:

- har yili oktyabrning 1-haftasida Siyosiy qatağon qurbonlarini yod etiş haftaligini ötkazib boriş;

- har yilgi oktyabr oyida qatağon qurbonlari xotirasiga bağişlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari taşkil etiş;

- Qatağon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi faoliyatini yanada takomillaştiriş.

Şuningdek, qaror doirasida öquvçi yoşlar va talabalar iştiroki bilan qatağon qurbonlari tavallud topgan maskanlarda “Yurt va millat fidoyilari yoddan çiqmaslar” mavzusida uçraşuv va davra suhbatlari ötkaziladi.