Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius (Boris Pistorius) mamlakat qurolli kuçlari — Bundesverda keng kölamli islohot e’lon qildi va qöl ostidagilarni muhim qarorlarni dadil qabul qilişga çaqirdi. «Agar har kim faqat kiçik bir bölakka javobgar bölsa, oxir-oqibat heç kim javobgar bölib çiqmaydi», — dedi Pistorius 7 noyabr kuni Berlinda Bundesver qömondonlari yiğilişida sözlar ekan.
Uning baholaşiça, Ukrainadagi uruş Rossiyaning ekspansionistik intilişlarining çeki emas. Moskva «yangi uruşga hozirlanmoqda», şu bois Bundesver yanada harakatçan bölişi kerak, dedi siyosatçi. Germaniya qurolli kuçlari islohotining asosiy qismi 2026 yil bahorigaça yakunlanişi lozim. Pistoriusning ta’kidlaşiça, islohotning asosiy mohiyati kadrlar siyosati, moddiy-texnika ta’minoti va infratuzilmani özgartirişdan iborat, maqsad — qisqa muddatda şaxsiy tarkib sonini oşiriş va Rossiya tahdidi şaroitida Germaniya armiyasini jangovar holatga keltiriş.
Joriy islohot doirasida zaxirada hisoblanuvçi harbiylar muhim örin tutadi. «Jangovar qobiliyatga ega zaxirasiz Germaniya özini himoya qila olmaydi», — deb ogohlantirdi Pistorius. Uning ta’kidiça, rezervçilar «Bundesverga qöşimça yordamçi yoki öyinçoq emas, balki qurolli kuçlarning bir qismi». Şu bilan birga u barça harbiylarga xizmat muddatini uzaytirişga rozilik bildiriş töğrisida şaxsan murojaat qiliş niyatini ma’lum qildi.
Kadrlar islohoti doirasida GFR qurolli kuçlari şaxsiy tarkibi hozirgi 182 ming askar va ofitserdan, rezervçilarni ham hisobga olgan holda, 2030-yillar örtalariga borib taxminan 460 ming nafargaça köpaytirilişi rejalaştirilgan.
2026 yil mayiga qadar Koblensda joylaşgan moddiy-texnika ta’minoti böyiça federal xaridlar idorasini qayta tuziş konsepsiyasi tayyorlanişi kerak. Uning maqsadi — keskin oşgan buyurtmalar hajmiga yetarliça javob beriş, innovatsiyalarni rağbatlantiriş va sanoat bilan hamkorlikni mustahkamlaş. Buning uçun idora qöşimça filiallar oçişni rejalaştirmoqda.
«Mening vazifam — uşbu ön yillik oxirigaça Germaniyada NATO maqsadlariga javob beradigan, Germaniyaning operativ rejasini bajaradigan va şarqiy qanotda sezilarli hamda samarali tiyib turuvçi omilga aylanadigan, jangovar qobiliyatli, bardoşli va raqamli texnologiyalar bilan birlaştirilgan qurolli kuçlarga ega bölişdir», — dedi Boris Pistorius.











