Isroil Taşqi işlar vaziri Gideon Saar boş vazir Binyamin Netanyahu va Isroil hukumati va harbiy qömondonligining bir neça önlab yuqori martabali vakillarini hibsga oliş uçun Istanbul boş prokuraturasi tomonidan berilgan orderni tanqid qildi.

U ijtimoiy tarmoqdagi postida bu qadamni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning «navbatdagi piar-yurişi» deb atadi.

Saar Turkiyada prokuraturasi yaqinda Istanbul merini «faqat Erdöğanga qarşi çiqişga jur’at etgani uçun» hibsga olişni taşkil qilganini eslatdi.

«Erdöğanning Turkiyasida sud tizimi uzoq vaqtdan beri siyosiy raqiblarni bostiriş, jurnalistlar, sudyalar va merlarni hibsga oliş vositasiga aylangan. Isroil zolim Erdöğanning sönggi piar-yurişini qat’iyat va nafrat bilan rad etadi», deb yozdi Saar.

7 noyabr kuni Istanbul boş prokuraturasi 37 nafar gumonlanuvçini, jumladan, Isroil boş vaziri Netanyahu, Isroil mudofaa vaziri Israel Kats, milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir, şuningdek, armiya boş ştabi boşliği Eyal Zamirni hibsga olişga order berdi. Ular Ğazo sektorida «genotsid va insoniyatga qarşi jinoyatlar» va avvalroq Falastin hududidagi dengiz qamalini buzişga uringan Sumud flotiliyasi kemalariga nisbatan qonunbuzarliklarda ayblanmoqda.

Şu bilan birga Netanyahuga nisbatan Xalqaro jinoiy sud (XJS) tomonidan berilgan hibsga oliş orderi hamon amal qilmoqda. Isroil boş vaziri «kamida 2023 yil 8 oktyabrdan 2024 yil 20 maygaça sodir etilgan insoniyatga qarşi jinoyatlar va harbiy jinoyatlarda» gumon qilinmoqda. Tel-Aviv bu çorani antisemitizm deb atagan.