Davlat rahbari yiğilganlarga el-yurt salomatligi yölida fidoiy mehnat qilayotgan barça soha vakillariga çuqur minnatdorlik izhor etdi. Prezidentning ta’kidlaşiça, zamonaviy soğliqni saqlaş tizimining barqaror rivoji tibbiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot bilan birga farmatsevtika tarmoğining jadal modernizatsiyasiga bevosita boğliq.
«Bugun soha taraqqiyotiga xizmat qiladigan köplab yangi taşabbuslarni sizlar bilan muhokama qilamiz. Zamonaviy tibbiyotni farmatsevtikasiz tasavvur qilib bölmaydi. Bundan buyon uşbu bayramni “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni” deb nişonlasak, öylaymanki, sizlar buni qöllab-quvvatlaysizlar. Buning barçasi tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga köproq izlaniş, ilğor davolaş va profilaktika usullarini egallaşda katta rağbat, kuç-ğayrat beradi», — dedi prezident.
Uçraşuvda tizimda amalga oşirilayotgan islohotlar natijadorligi, kelgusi yil uçun ustuvor vazifalar, kadrlar tayyorlaş, klinik amaliyot va ilmiy faoliyat integratsiyasi, şuningdek farmatsevtika klasterini rivojlantiriş böyiça takliflar muhokama etildi.









