Quriliş uç yil avval boşlanganida, «Oynali yöl» Saudiya Arabistonining neft iqtisodiyotidan raqamli iqtisodiyotga ötiş yölidagi töxtovsiz taraqqiyoti ramziga aylanişi kerak edi.

Biroq loyiha ilgarilagan sari reallikka duç keldi. Gorizontal osmonöpar bino sifatida möljallangan «Oynali yöl» me’morlari bunday inşootni rejadagiday barpo etiş mumkinmi yoki yöqmi, degan şubhalarni bildirdi. Qiymat oşdi, muddatlar surildi, Ar-Riyod umid qilgan çet el investitsiyalari esa kelmadi.

Bugunga kelib, kamida 50 milliard dollar sarf etilganiga qaramay, quriliş işlari sahroda qator havozalar örnatiş bilan çeklandi, manzara böylab çuqur xandaqlar tortilgan. Rejalaştirilgan gorizontal osmonöparning 20 ta «modul»i taxminan uçtagaça qisqartirilgan.

NEOM loyiha operatori «Oynali yöl»ni uzoq muddatli maqsad sifatida saqlanişini ta’kidlayotgan bölsa-da, Financial Times naşri bilan suhbatlaşgan köplab insayderlar — me’morlardan tortib muhandislar va sobiq top-menejerlargaça — ğoyaning fizika qonunlari, narx-navo va siyosiy realliklar bosimida amalda muvaffaqiyatsizlikka yuz tutganini qayd etdi.