Özbekiston ösmirlar terma jamoasi Qatarda ötayotgan 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi jahon çempionatining 1/8 finalida Italiyaga 2:3 hisobida yutqazdi.
Birinçi taym Italiyaning taşabbusi ostida ötdi. 19-daqiqada Tomas Kampaniyello darvozabon Ibrohim Şokirov qaytargan töpga birinçi bölib yetib keldi va darvozani işğol qildi.
Ikkinçi taymda teng kuraşlar kuzatildi. 56-daqiqada Amirxon Murodov burçak zarbasidan keyin hisobni tenglaştirdi.
Öyin taqdirini qisqa fursatdagi xatolar hal qildi. 68- va 70-daqiqada Kampaniyello va Idrissa himoyaçilar xatosidan foydalanib, öz jamoasiga ğalaba keltiruvçi gollarni urdi.
Sönggi daqiqalarda Azizbek Erimbetov hisobni qisqartira oldi xolos.
Şu tariqa boş murabbiy Islom Ismoilov şogirdlarining jahon çempionatidagi iştiroki yakunlandi.
U17 jahon çempionati, 1/8 final
18 noyabr, Doha (Qatar), Aspire akademiyasi
Italiya U17 – Özbekiston U17 3:2
Gollar: Tomas Kampaniyello (19, 68), Dauda Iddrisa (70) – Amirxon Murodov (56), Azizbek Erimbetov (90+3)
Hakamlar: Ivo Mendes, Saavedra Edvar, Antello Jyezus (barçasi – Boliviya)
Italiya: Alessandro Longoni, Dauda Iddrisa, Vinçenso Prisko (Alessio Baralla 72), Luka Rejani, Tomas Kampaniyello, Samuele Inasio, Destini Elimogale (Simone Lontani 59), David Marini (Jan Mambuku 59), Kristiano De Paoli, Valerio Makkaroni (Andrea Luongo 59), Federiko Steffanoni
Özbekiston: Ibrohim Şokirov, Möminxon Baxodirxonov, Amirxon Murodov, Sadriddin Hasanov, Nurbek Sarsenbayev (Asilbek Aliyev 66), Sayfiddin Sodiqov (Jamşidbek Rustamov 74), Abdulmalik Anvarov (Behruz Saidmurodov 74), Muhammadali Musaxonov, Azizbek Abdumöminov (Muhammad Habibullayev 46), Abubakir Şukurullayev, Azizbek Erimbetov
Ogohlantirişlar: Abubakir Şukurullayev (25), Azizbek Abdumöminov (40)
Çetlatiş: Asilbek Aliyev (89)












